Klopp Gvardiolaga javob qaytardi Yangiliklar

Klopp Gvardiolaga javob qaytardi

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarim himoyachi Sadio Maneni tanqid qilgan "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiolaga javob berdi.

"To'g'risi hozircha ishonchim komil emas-ku, u Sadio yoki "Liverpul" haqida gapirmadi. Men Sadio ismini eshitmadim.

Mane simulyant emas. "Aston Villa"ga qarshi o'yinda raqib Sadioni yiqitdi. SHundan keyin Mane yiqildi. U raqibining ustidan sakrab o'tgani yo'q", - dedi Klopp.

Oldinroq Gvardiola Maneni bir necha bora simulyantlik qilishini aytib o'tgandi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика