So’nggi yangiliklar

18:13"Андижон" - "Ал Аҳли". Асосий таркиблар эълон қилинди  1 17:44"Футбол олами". Пешқадамларга аталган 23-тур ҳақида   0 17:17Ўзбекистон терма жамоасининг октябрдаги иккинчи рақиби номи маълум бўлди  8 16:57"Қайрат" - "Реал" учрашуви сайтимиз фотографи нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ)  1 14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  6 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  1 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  2 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  12 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  7 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  15 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  9 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  13

Klim Tyugaev, final va "o'zga sayyoralik" Eron Yangiliklar

Klim Tyugaev, final va "o'zga sayyoralik" Eron

Millionlab muxlislarga quvonch ulashgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati ertaga o'z nihoyasiga etadi.

Bu musobaqada terma jamoamizning o'yinidan ko'ngli to'lmagan muxlis bo'lmadi, menimcha. Deyarli barcha o'yinlarda muxlislar hayajonda ushlab turildi. Ayniqsa, yarim finaldagi uchrashuv. So'nggi daqiqalarda hisobning tenglashishi va hal qiluvchi seriyada Klim Tyugaevning mohirona harakatlari. Bu erda hamma-hammaning mehnati katta bo'ldi, murabbiylar, futzalchilar, UFA va O'FFning.

Katta futboldan farqli ravishda futzalda joy uchun talashish degan narsa yo'q. Futzalda zaxira futbolchisi degan atamaning o'zi yo'q hisobi. Boisi unda hamma asosiy tarkib o'yinchisi. Har bir jamoada penaltilar seriyasi uchun tayinlanadigan darvozabon bo'ladi. Rustam Umarov o'yinning eng zo'ri bo'lsa, Klim Tyugaev penaltilar seriyasi uchun atalgan sovg'a edi. 

Umuman olganda, Toshkentda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionati darvozabonlar uchun atalgandek bo'ldi. Tojikiston, Qirg'iziston, Vetnam va Avstraliya terma jamoalaridagi asosiy vazifani aynan posbonlar bajardilar. 

Yaponiyaning muvaffaqiyatsizligiga ham aynan shu omil sabab bo'ldi. Yaponiya terma jamoasi mag'lubiyatga uchratgach, Yaponiya qanday raqib ekan degan savolga, Andrey Polxovskiyning javobi qiziq bo'ldi: 

- Osiyo chempionatida istalgan raqibni yutishingiz mumkin, faqat Eronni emas. Eronlik futzalchilar "o'zga sayyoradanlar".

Odatda bu atama Messi va Ronalduga nisbatan ko'p ishlatiladi. Osiyodagi futbol saviyasidan kelib chiqsak, Eronga nisbatan haqiqatdan ham Osiyo darajasidagi "o'zga sayyoraliklar"ni ko'rishimiz mumkin. Ayniqsa, kecha Vetnam bilan bo'lib o'tgan o'yindan keyingi hisobdan so'ng aksar muxlislar final oldidan g'ulg'ulaga tushdilar. 

Katta turnirlarda finaldagi kumushdan uchinchi o'rin uchun beriladigan bronzaning tami shirin bo'ladi. Lekin ovqat ishtaha paytida keladi deganlaridek, biz bosh maqsadni o'z oldimizga vazifa etib qo'ydik va finalda ham g'alaba qozonish uchun o'ynaymiz. Bu Irsaliev, Umarov, Eliboev, Anorov, Yunusov, SHaripov, Abdumavlonov va SHlema kabi futzalchilarimiz uchun so'nggi imkoniyatdir. Sababi JCH yo'llanmasini beradigan yilda finalga chiqish bilan yo'llanma bermaydigan musobaqada sovrindor bo'lishning o'rtasida farq katta. Bu yigitlar asosiy ishni uddaladilar. JCH cho'ntakda, lekin orzumiz bor, u ham bo'lsa oltin medal. Ammo o'rtacha yoshimiz 30dan oshib turganda, yosh eronliklarga qarshi bahs olib borish oson bo'lmaydi. Buni futzalchilarimizning o'zlari ham tushunib turibdilar, xalq ko'z tikib turibdi. 

Ilk marotaba maqolani qanday tugatishni bilmay qoldim. Har bir g'alaba kishining sog'lig'iga ijobiy tomondan tasir qilishini fan ham isbotlagan, oilangizdagi kayfiyatingiz oshadi, asabingiz buzilmaydi. Xullas, ertangi o'yindagi natijadan qatiy nazar, ikki haftalik bayram uchun FUTZALga oid barcha-barchaga rahmat! Avvaliga talabalarni olib kelamizmi, muxlislar kelarmikin degan o'y bilan kun o'tkazgan tashkilotchilarning yuzini erga qaratmay, zal tugul, ko'chalarni ham to'ldirib, Vatan uchun ishqibozlik qilib, butun Osiyoga o'zbekistonliklarning qanday ishqibozlik qila olishini isbotlab bera olgan muxlislarga rahmat! 

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика