So’nggi yangiliklar

17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  0 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  7 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5

Klarens Zeedorf Berluskoniga javob qaytardi Yangiliklar

Klarens Zeedorf Berluskoniga javob qaytardi

Aftidan “Milan”da ham noxush kunlar boshlanganga o'xshaydi. Kuni kecha klub xo'jayini Silvio Berluskoni jamoa bosh murabbiyi Klarens Zeedorfni qoralab chiqdi.
Uning aytishicha, Zeedorf bunday katta klubni boshqarishga hali yosh ekan va faqat yoshi katta odamgina “Milan” futbolchilarini boshqara olar ekan. Bu gapi bilan Berluskoni futbolchilar Zeedorfga quloq solishmayapti degandek bo'ldi.

O'z navbatida 38 yoshli gollandiyalik murabbiy ham xo'jayinning bu gaplarini etiborsiz qoldirmadi: “Ochig'i men Berluskoni nima demoqchi bo'lganini tushunmadim. Men faqat bo'lajak uchrashuv va jamoam haqida o'ylayapman. Men har doim hazil qilishim mumkin, lekin kerak paytda jiddiy bo'la olaman. Bazan futbolchilar oldimga kelib, men bilan ishlashayotganidan xursandliklarini malum qilishyapti, bu esa juda muhim”.

“Berluskoni “Milan”ni yoshi katta murabbiy boshqara oladi deyapti-yu, lekin mendan atigi bir yoshga katta Vinchenco Montellani o'rnak qilib ko'rsatyapti. Bu esa umuman tushunarsiz holat. Men ahmoqqa o'xshab qarab turishni xohlamayman. Toki bosh murabbiy ekanman, atrofimdagilar hurmat qilishini xohlayman”.

“Murabbiylikni boshlaganimga endi uch oy bo'ldi, ammo 22 yildan beri futboldaman va nima qilayotganimni juda yaxshi bilaman. Men har doim matbuotga iliq munosabatda bo'lib kelganman, shu o'rinda ular ham men bilan yaxshi aloqada bo'lsin deyman. Oldimizda “Atalanta”ga qarshi bahs turibdi. Hozir bor etiborim mana shu o'yinga qaratilgan”.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика