"Kim u Mane?" - "Ayntraxt" prezidenti
04 avg 2022 21:24
Yangiliklar
"Kim u Mane?" - "Ayntraxt" prezidenti
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi prezidenti Peter Fisher "Bavariya"ga qarshi chempionat o'yini oldidan "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Sadio Manega hazil qildi.
"Ayntraxt" klubi juma kuni Bundesliganing ilk turida "Bavariya" bilan to'qnash keladi. Frankfurtliklar o'tgan mavsum Evropa ligasini qo'lga kiritdi, shu sababli kelasi chorshanba kuni ular Evropa Superkubogi doirasida "Real Madrid" bilan to'qnash keladi.
O'tgan mavsumni 11-o'rinda yakunlagan klub joriy mavsum o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan. Jamoa prezidenti RTL va n-tv telekanallariga bergan intervyusida myunxeniklar to'purari Robert Levandovskining o'rniga olib kelingan hujumchi Sadio Manening imkoniyatlari haqidagi savolga hazilomuz javob qaytardi: "Kim u Mane?"
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv 5 avgust kuni soat 23:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar