Killian Mbappe Franciya chempionatida mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
19 may 2022 08:09
Yangiliklar
Killian Mbappe Franciya chempionatida mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
PSJ futbolchisi Killian Mbappe Liga 1da 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
Mbappe ketma-ket uchinchi mavsumda ushbu sovrinni qo'lga kiritmoqda. Bu borada unga Vissam Ben-Yedder va Martin Tere raqobat ko'rsatgandi. Biroq yakunda sovrin baribir PSJ futbolchisiga nasib etdi.
Mbappe ushbu mavsumda PSJ safida barcha o'yinlarda 45 marta maydonga tushib, 36 ta gol va 26 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
30 iyun kuni uning parijliklar bilan shartnomasi o'z yakuniga etadi va erkin agentga aylanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar