Keyn Ronaldu, Messi va Modrich haqida gapirdi
08 sen 2024 12:30
Yangiliklar
Keyn Ronaldu, Messi va Modrich haqida gapirdi
"Bavariya" forvardi Xarri Keyn zamonaviy futbolda uni ilhomlantiradigan o'yinchilar haqida gapirdi.
"35-40 yoshlar atrofida o'ynayotgan Krishtianu Ronaldu, Luka Modrich va Lionel Messini ko'rganimda bu meni ilhomlantiradi, sababi bu uzoq vaqt davomida yuqori darajada o'ynash mumkinligini ko'rsatadi.
Imkon boricha uzoqroq yuqori darajada futbol o'ynashni xohlayman. Bu uchun esa ushbu o'yinchilarda motivaciya va ilhom manbasini ko'raman. Yana bir ajoyib mavsum o'tkazish uchun yaxshi psixologik va jismoniy holatda ekanligimni his qilyapman va bu ko'p yillar davom etadi deb umid qilaman", – dedi Keyn.
Hujumchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar