So’nggi yangiliklar

00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  0 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  25

Keyingi yil “Qo'qon-1912”ning mini-futbol va qizlardan iborat jamoalari bo'ladi Yangiliklar

Keyingi yil “Qo'qon-1912”ning mini-futbol va qizlardan iborat jamoalari bo'ladi

O'zbekiston futbol federaciyasi kelgusi mavsumda oliy liga jamoalari oldiga jiddiy talablarni qo'ymoqda.

SHunday talablardan biri sifatida  har bir jamoa qoshida qizlar futbol jamoasining bo'lishi shartligi ko'rsatilgan. “Qo'qon-1912” futbol klubi ushbu talablarni bajarish borasida say-harakatlarni boshlab yuborgan.

“Qo'qon-1912”  jamoasining kelgusi mavsumda mini futbol va qizlar futboli jamoalari bo'ladi. Kuni kecha Qo'qon Davlat Pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetida taxsil olayogan qizlar bilan “Qo'qon-1912”   jamoasi raxbariyati uchrashuv o'tkazdi. Bu uchrashuvdan ko'zda tutilgan maqsad, talaba qizlar orasida futbolga iqtidori bor qizlarni jamoa mashg'ulotlariga jalb qilish bo'ldi. Uchrashuvda  “Qo'qon-1912”  futbol klubi bosh direktori Baxtiyorjon Tolipov sportchi qizlarni jamoaning maqsad va vazifalari xamda  qizlar jamoasiga yaratiladigan sharoitlar bilan tanishtirdi.  O'z navbatida talabalar ham o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan tadbirda faol ishtirok etishdi. Ko'plab futbolsevar qizlar o'zlarini jamoada sinab ko'rish istagini bildirdilar.


“Qo'qon-1912” ning kelgusi mavsumda mini-futbol va qizlardan iborat jamoalari bo'ladi.


“Qo'qon-1912”ning  qizlar  jamoasiga Mirsaid Mirolimov bosh murabbiy etib tayinlandi. Murabbiy bo'lib o'tadigan mashg'ulotlar davomida iqtidorli qizlarni jamoaga tanlab oladi. SHu bilan birgalikda jamoaga oliy liga jamoalarida to'p surgan iqtidorli futbolchi qizlar ham jalb qilinadi. Maqsad tajribali futbolchilar bilan birgalikda mahalliy  yosh iqtidorlarni xam jamoaga jalb qilib borish.

SHuningdek Qo'qon pedagogika kollejidan ham bir nechta qizlar mashg'ulotlarga jalb qilingan. Mashg'ulotlar Qo'qon Davlat Pedagogika Institutiga qarashli maydonda bo'lib o'tadi.

“Qo'qon-1912”  jamoasi futbolga iqtidori bor qizlarni jamoa ko'rigiga taklif qiladi. Kim mashg'ulotlarda o'zini sinab ko'rmoqchi bo'lsa , 21-noyabr kuni soat 14-00 da QDPIga qarashli stadionga taklif qilamiz. Batafsil malumot uchun telefon : +998 91 683 69 96.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика