So’nggi yangiliklar

09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  0 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  13 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  7 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  2 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  14 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  2 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3

Kerakli malumot. Barchasi futzal bo'yicha Osiyo chempionati haqida Yangiliklar

Kerakli malumot. Barchasi futzal bo'yicha Osiyo chempionati haqida

Bir musobaqa tugab ikkinchi katta turnir start olish arafasida. 9-27 yanvar kunlari Xitoyda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionati biz uchun muvaffaqiyatli tugab, vakillarimiz tarixda birinchi marta chempionlikni qo'lga kiritishdi.

Endi esa yana bir katta musobaqa kutmoqda. Gap shundaki, Xitoy Taypeyida 1-11 fevral kunlari futzal bo'yicha 15-Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Bunda Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Osiyo chempionati haqida nimalarni bilamiz?

Mazkur musobaqa 15-marta tashkil etilmoqda. Bungacha o'n to'rtta qita birinchiligi o'tkazilgan bo'lib, 2008 yilgacha musobaqa har yili to'xtovsiz o'tkazib kelingan. 2008 yildan keyin OFK qaroriga muvofiq har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan bo'ldi. Bu musobaqa qaysidir jihati bilan U-23 Osiyo chempionatiga o'xshab ketadi.

Yani, har ikki yilda bitta bo'ladigan turnir bir safar jahon chempionati yo'llanmasi uchun, bir gal shunchaki o'tkaziladi. U-23 Osiyo chempionatida ham shunday, masalan, ikki yildan keyin bo'lib o'tadigan musobaqa Olimpiada o'yinlari uchun kurash vazifasini o'taydi.

Xitoy Taypeyida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati jahon chempionatiga yo'llanma bermaydi. SHunga qaramay, mazkur musobaqaga bo'lgan qiziqish katta. Musobaqa tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, dastlabki chempionat 1999 yili Malayziyada o'tkazilgan. Osiyodagi eng kuchli futzal terma jamoasi hisoblanadigan Eron aynan Malayziyada o'tkazilgan chempionat g'olibi hisoblanadi.

Eronliklar shu paytgacha 11 marta Osiyo chempionatida zafar quchishgan. Qizig'i shundaki, Eron ketma-ket etti marta turnirda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan. Yaponiya uch marta g'oliblikka sazovor bo'lgan. Hozirgacha bu ikki jamoadan boshqa hech kim chempion bo'la olmagan. Agar omadimiz kelib futzal jamoamiz oltin medallarni qo'lga kiritadigan bo'lsa, OFK tarixida O'zbekiston futzal bo'yicha Osiyo chempionatida g'alaba qozongan uchinchi jamoa bo'ladi.



Musobaqaning barcha finallari

Quyida barcha musobaqalarning hamma finallari hamda sovrindorlar ro'yxatini keltirib o'tamiz. SHuni aytish lozim, Osiyo chempionatiga mezbonlik qilish bo'yicha O'zbekiston birinchi o'rinda turadi. CHunki yurtimizda uch marta (2006, 2010, 2016) mazkur musobaqa tashkil etilgan. SHuningdek, Eron, Tailand va Vetnamda ikki martadan musobaqa o'tkazilgan.

1999 yil. Malayziya
Final. Eron - Janubiy Koreya 9:1
3-o'rin uchun bahs. Qozog'iston - Yaponiya 2:2 (penaltilar seriyasi 5:3)

2000 yil. Tailand
Final.
Eron - Qozog'iston 4:1
3-o'rin uchun bahs. Tailand - Yaponiya 8:6

2001 yil. Eron
Final.
Eron - O'zbekiston 9:0
3-o'rin uchun bahs. Janubiy Koreya - Yaponiya 2:1

2002 yil. Indoneziya
Final.
Eron - Yaponiya 6:0
3-o'rin uchun bahs. Tailand - Janubiy Koreya

2003 yil. Eron
Final.
Eron - Yaponiya 6:4
3-o'rin uchun bahs. Tailand - Quvayt 8:2

2004 yil. Makao
Final.
Eron - Yaponiya 5:3
3-o'rin uchun bahs. Tailand - O'zbekiston 3:1

2005 yil. Vetnam
Final.
Eron - Yaponiya 2:0
3-o'rin uchun bahs. O'zbekiston - Qirg'iziston (uchrashuv o'tkazilmagan)

2006 yil. O'zbekiston
Final.
Yaponiya - O'zbekiston 5:1
3-o'rin uchun bahs. Eron - Qirg'iziston 5:3

2007 yil. Yaponiya
Final.
Eron - Yaponiya 4:1
3-o'rin uchun bahs. O'zbekiston - Qirg'iziston 5:3

2008 yil. Tailand
Final. Eron - Tailand 4:0
3-o'rin uchun bahs. Yaponiya - Xitoy 5:3

2010 yil. O'zbekiston
Final.
Eron - O'zbekiston 8:3
3-o'rin uchun bahs. Yaponiya - Xitoy 6:1

2012 yil. BAA
Final.
Yaponiya - Tailand 6:1
3-o'rin uchun bahs. Eron - Avstraliya 4:0

2014 yil. Vetnam
Final.
Yaponiya - Eron 2:2 (penaltilar seriyasi 3:0)
3-o'rin uchun bahs. O'zbekiston - Quvayt 2:1

2016 yil. O'zbekiston
Final.
Eron - O'zbekiston 2:1
3-o'rin uchun bahs. Tailand - Vetnam 8:0


Barcha chempionlar va O'zbekistonning ishtiroki

Yuqorida aytib o'tganimizdek, shu paytgacha faqat ikkita jamoa Osiyo chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan: Eron va Yaponiya. Eron 11 marta (1999, 2000, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2007, 2008, 2010, 2016), Yaponiya esa uch marta (2006, 2012, 2014) musobaqa g'olibi bo'lgan. O'zbekiston haqida gapiradigan bo'lsak, bizning jamoa hozirgacha to'rt marta 2-o'rinni qo'lga kiritgan.

Bu voqea 2001, 2006, 2010 va 2016 yilgi musobaqalarda sodir bo'lgan. SHuningdek, vakillarimiz hisobida uchta uchinchi o'rin bor (2005, 2007, 2014).

2004 yil Makaoda bo'lib o'tgan qita birinchiligida to'rtinchi o'rinni olganmiz. Jami ishtirokchilar orasida O'zbekiston reytingda Eron, Yaponiya va Tailanddan keyin to'rtinchi o'rinda bomoqda. SHu paytgacha bo'lib o'tgan musobaqalarda 73ta o'yin o'tkazgan bo'lsak, shundan 48tasida g'alaba qozonib, besh marta durang o'ynaganmiz va 20 marta mag'lub bo'lganmiz. To'plar nisbati 303-186, jami 149 ochko jamg'arganmiz.


Eng yaxshi futzalchilar

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatida eng yaxshi futzalchilarni aniqlash 2002 yilgi musobaqadan boshlab yo'lga qo'yilgan. 1999, 2000 va 2001 yillarda sorvindor aniqlanmagan. Eng ko'p eronliklar turnirning eng yaxshi futzalchisi nomiga ega chiqishgan. Bungacha nomi ancha mashhur Vohid SHamsayi uch marta mana shunday sovrinni qo'lga kiritgan.

2002 yil. Anucha Munjarern (Tailand)
2003 yil. Vohid SHamsai (Eron)
2004 yil. Muhammad Rizo Haydariyan (Eron)
2005 yil. Kenichiro Kogure (Yaponiya)
2006 yil. Kenichiro Kogure (Yaponiya)
2007 yil. Vohid SHamsayi (Eron)
2008 yil. Vohid SHamsayi (Eron)
2010 yil. Muhammad Taheri (Eron)
2012 yil. Rafael Xenmi (Yaponiya)
2014 yil. Ali Asgar Hassanzoda (Eron)
2016 yil. Ali Asgar Hassanzoda (Eron)


Eng yaxshi to'purarlar

Eng yaxshi to'purarlar ham kutilganidek Erondan. Faqat tailandlik Terdsak CHayman bilan yaponiyalik Kenichiro Kogureni hisobga olmaganda doim Eron futzalchilari musobaqa to'purari bo'lishgan. Eng ko'p gol urgan ham Vohid SHamsayi bo'lib turibdi. U 2004 yil o'tkazilgan musobaqada 32ta gol urgan.

1999 yil. Kozim Muhammadi (Eron), Rizo Rizoyi Kamol (Eron) - 18
2000 yil. Terdsak CHayman (Tailand) - 11
2001 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 31
2002 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 26
2003 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 24
2004 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 32
2005 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 23
2006 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 16
2007 yil. Kenichiro Kogure (Yaponiya) - 12
2008 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 13
2010 yil. Muhammad Taheri (Eron) - 13
2012 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 7
2014 yil. Hussayn Tayyebi (Eron) - 15
2016 yil. Subhavut Txueanklang (Tailand) - 14


Bu yilgi Osiyo chempionati haqida

Xitoy Taypeyi mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatida 16ta jamoa ishtirok etadi va jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'lingan. O'zbekiston futzal terma jamoasi “B” guruhidan joy olgan va Janubiy Koreya, Tojikiston hamda Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Ko'rib turganingizdek, guruhimiz ancha jiddiy, lekin chiqsa bo'ladi.

"A" guruhi: Xitoy Taypeyi, Vetnam, Malayziya, Bahrayn
"B" guruhi: O'zbekiston, Yaponiya, Tojikiston, Janubiy Koreya
"S" guruhi: Eron, Iroq, Xitoy, Myanma
"D" guruhi: Tailand, Qirg'iziston, Livan, Iordaniya

Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. 1-7 fevral kunlari guruh uchrashuvlari o'tkazilsa, 8 fevralda chorak final o'yinlari bo'lib o'tadi. 9 fevralga yarim final bahslari qo'yilgan. 11 fevralda esa final uchrashuvi o'tkaziladi va shu kuni biz chempion va boshqa sovrindorlar nomini bilib olamiz.

Bizning guruhga nazar

O'zbekiston futzal terma jamoasi joy olgan guruh haqida biroz fikr yuritamiz. Guruhdan katta ehtimol bilan Yaponiya va O'zbekistonning chiqishi kutilmoqda. Lekin qolgan ikki jamoa - Tojikiston bilan Janubiy Koreyani ham hisobdan chiqarmaslik kerak. SHu o'rinda guruhimizdagi jamoalar haqida qisqacha malumot berib o'tsak.

O'ZBEKISTON
Eng yaxshi natijasi: 2-o'rin (2001, 2006, 2010, 2016)
FIFA reytingidagi o'rni: 26

Tarif: U-23 Osiyo chempionatida g'alaba qozongan jamoamizning yo'lini berib futzalchilarimiz ham Osiyo chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritishsa ajab emas. Hozircha O'zbekiston futzal terma jamoasi shu paytgacha o'tkazilgan barcha qita chempionatlarida ishtirok etgan va to'rt marta ikkinchi o'rinni egallagan. Bahodir Ahmedov qo'l ostida o'ynaydigan jamoada Davron CHoriev, Dilmurod SHavkatov, Dilshod Rahmatov, Konstantin Sviridov, Farhod Abdumavlonov kabilar etakchi bo'lishi kutilmoqda.

YAPONIYA
Eng yaxshi natijasi:
CHempion (2006, 2012, 2014)
FIFA reytingidagi o'rni: 15

Tarif: Yaponiya guruhdagi asosiy raqibimiz hisoblanadi. Bu jamoa uch marta Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan. Yaponiya Tokioda Argentinaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Yaponlar ustozi Bruno Garsiya hisoblanadi.

TOJIKISTON
Eng yaxshi natijasi:
CHorak final (2007)
FIFA reytingidagi o'rni: 72

Tarif: Tojikiston saralash bahslarida Erondan so'ng ikkinchi o'rin bilan Osiyo chempionatiga chiqdi. Jamoaning eng yaxshi natijasi 2007 yilda ro'y bergan. O'shanda Tojikiston chorak finalga qadar etib borgandi. Bu jamoa yaqinda "Qayrat" futzal klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Tojiklar tarkibida Rahmonali SHaripov bilan Muhammadjon SHaripov gol muallifi bo'lishdi.

JANUBIY KOREYA
Eng yaxshi natijasi: 2-o'rin (1999)
FIFA reytingidagi o'rni: 71

Tarif: Janubiy Koreya futzal terma jamoasi saralash o'yinlarida Xitoy va Gonkongni ortda qoldirib birinchi o'rinni egalladi. Terma jamoaning eng etakchi o'yinchilari - Li Ming Yong, CHoy Kyung Jin, Kim Min Kuk va Seo De Yun.


«B» guruhi o'yinlar taqvimi:

1-tur. 1 fevral
13:30. O'zbekiston - J.Koreya
16:00. Yaponiya - Tojikiston

2-tur. 3 fevral
13:30.
Tojikiston - O'zbekiston
16:00. J.Koreya - Yaponiya

3-tur. 5 fevral
13:30.
O'zbekiston - Yaponiya
13:30. Tojikiston - J.Koreya

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика