Kechagi kun qahramonlari. FOTO
18 jan 2016 12:11
Yangiliklar
Kechagi kun qahramonlari. FOTO
"Liverpul" - "Manchester Yunayted" 0:1
Qahramon: Ueyn Runi

"Qizil iblislar" sardori Ueyn Runi 2016 yildagi barcha o'yinlarda gol urish ananasini davom ettirdi. Runi kecha Terri Anrining APLda bitta klub safida gol urish bo'yicha rekordini yangilashga erishdi.
"Stok Siti" - "Arsenal" 0:0
Qahramonlar: Jek Batlend va Petr CHex


Bu o'yinda ikkala jamoa posboni yaxshi harakat qildi. Mezbonlar darvozaboni Jek Batlend 3ta, "kanonirlar" posboni Petr CHex esa 5ta seyv qildi.
"Udineze" - "Yuventus" 0:4
Qahramon: Paulo Dibala

Yozda "Yuventus"ga ko'chib o'tgan argentinalik Paulo Dibala ajoyib o'yin namoyish qilmoqda. Kecha Udine shahrida bo'lib o'tgan bahsda hujumchi o'z hisobiga 2ta gol va 2ta pas yozib qo'ydi.
"Jenoa" - "Palermo" 4:0
Qahramon: Leandro Pavoletti

"Jenoa" hujumchisi Leonardo Pavoletti "Palermo" bilan o'yinda dublga erishdi va mavsumdagi gollari sonini 10taga etkazib oldi.
"Real" - "Sporting Xixon" 5:1
Qahramon: Karim Benzema

Madrid klubi Zidan boshchiligida ikkinchi o'yinda ham 5ta gol urdi. Franciyalik Karim Benzema Xixonning "Sporting" klubiga qarshi bahsda 2ta gol urdi va bitta pas berdi.
"Las Palmas" - "Atletiko" 0:3
Qahramon: Antuan Grizmann

"Atletiko"ning almashtirib bo'lmas etakchisiga aylanib bo'lgan Antuan Grizmann kecha "Las palmas" bilan o'yinda dublga erishdi.
"Barselona" - "Atletik" 6:0
Qahramon: Luis Suares

Kataloniya klubi kecha "Atletik" darvozasiga javobsiz 6ta gol urishga erishdi. Urugvaylik luis Suares mavsumda o'zining uchinchi xet-trigini nishonladi. Etiborlisi u Neymarga ham golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar