So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Kecha stadionga kirolmagan "Zenit" muxlislari antiqa uslubda jamoani qo'llab-quvvatlashdi Yangiliklar

Kecha stadionga kirolmagan "Zenit" muxlislari antiqa uslubda jamoani qo'llab-quvvatlashdi

O'tgan mavsumda Evropa ligasi doirasidagi "Leypcig"ga qarshi o'yinda "Zenit" muxlislarining xulqi uchun UEFA Piter klubini diskvalifikaciya qilgandi.

O'shanda "Zenit" muxlislari "Negrni o'ldirishdi" qo'shig'ini kuylashgani uchun UEFA buni "Leypcig" futbolchisi Nabi Keytaga nisbatan rasizm deya hisoblagan.

SHu boisdan ham kecha bo'lib o'tgan bellashuvda "Zenit" muxlislari stadionga kiritilmadi.

UEFA tomonidan diskvalifikaciya qilingan klub uy o'yinini muxlislarisiz bo'sh stadionda o'tkazdi. "Petrovskiy"ga faqat "Dinamo" Minskdan kelgan 200 nafar tomoshabin kiritildi.

"Zenit" esa fantastik "kambek"ni o'z uyida, raqib ishqibozlari qarshisida va bir kishi kam holda amalga oshirishiga to'g'ri keldi. Ammo Sergey Semakni takidlashicha, uchrashuv davomida "Zenit" ishqibozlarini qo'llab-quvvatlagani eshitilib turgan va bu ularga qo'shimcha kuch bag'ishlagan.

Stadionga kirolmagan muxlislar shu kuni stadion oldidagi "Kema"dan joy olishgan va butun uchrashuv davomida hayqiriqlar bilan "Zenit"ga dalda bo'lib turishgan.

O'yindan keyin ham stadion oldidan ketmagan muxlislar tinimsiz jamoasini olqishlab turishdi. Uchrashuvdan keyin esa "Zenit" futbolchilari muxlislar oldiga chiqishgan va ularga minnatdorchilik bildirishgan.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика