So’nggi yangiliklar

09:34EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум  1 08:58Sofascore. Кечаги учрашув учун "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  3 08:20Про лига. Бугун мавсумдаги сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади  0 07:36EЧЛ турнир жадвали. «Ливерпул»да юз фоизли натижа. «Реал» 24-ўринда  23 03:42Небойша Йовович: "Насаф" бугун креативлик ва бўшлиқ яратишда оқсади. Биз эса интизомни сақлаб қолдик"  1 03:00ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да "Реал Мадрид"ни ожиз қолдирди. Мбаппе муҳим паллада пенальтидан гол ура олмади  190 02:55ЕЧЛ. "Ювентус" ва "Астон Вилла" дуранг ўйнашди. "Боруссия Д"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  8 02:14Руд ван Нистелрой шу ҳафтанинг ўзида АПЛ клубида иш бошлайди!  0 00:50ОЧЛ-2. "Насаф" ўз уйида Қувайт клубига мағлуб бўлди, Комилов иккинчи голда қўпол хатога йўл қўйди  8 00:03"Бавария" Носир Ал Ҳелайфидан узр сўради  1 23:30ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" 0:2 ҳисобида орта бора туриб, якунда супер камбэк қайд этди. "Насаф" расман гуруҳда қолиб кетди  13 22:59Жамшид Искандеров "Навбаҳор"ни тарк этди(ми?)  19 22:37Рўзиқул Бердиев: "Мавсумнинг қайсидир қисмида 12 та мағлубиятсиз серия қайд этаётгандик, ҳозир эса кетма-кет тўртта мағлубият. Жуда ҳунук ҳолат"  79 21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  4 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  10

Kecha O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga g'alaba uchun nima etishmadi? Nikolay Egorichevning fikrlari Yangiliklar

Kecha O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga g'alaba uchun nima etishmadi? Nikolay Egorichevning fikrlari

Saytimizning rossiyalik jurnalisti kecha U-23 Osiyo kubogi finalini tahlil qildi.

Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev o'z telegram kanalida kecha O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga mag'lub bo'lgan (0:1) U-23 Osiyo kubogi finali haqidagi o'z fikrlarini chop etdi.


"Kimdir o'yin haqidagi fikrini final hushtagi yangrashi bilan yozishni yaxshi ko'radi. Menimcha, bunday matnlarda odatda ko'proq emociya va asos kamroq bo'ladi.

Finalni boy berish alamli bo'ldimi? Albatta. Ha, yana ham ketma-ket ikkinchi marta!

O'yindan so'ng hamkasblarimga "Finalni hamma yutishi mumkin. Lekin ketma-ket ikki finalda mag'lub bo'lishga urinib ko'rchi! Bu mahorat" deb hazil qildim. Ammo, ikki yil oldingi U-23 Osiyo kubogi finali bilan taqqoslaganda ko'p farq bor.

O'shanda Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda O'zbekistonda deyarli imkoniyat bo'lmagandi. Saudiyaliklar yaxshi tayyor va nisbatan yaqinda yig'ilgan Timur Kapadze jamoasi bunga turib bera olmagandi. O'sha tarkib "xom", shuningdek raqibdan ko'ra bir necha yilga yosh edi. O'yinchilarning ko'pi 19-20 yosh, bu vaqta saudiyaliklarda asosan 22 yoshli futbolchilar edi. Ikki yildan so'ng bu jamoa o'ynab ketdi, yangi o'yinchilar qo'shildi va yangilangan Saudiya Arabistoni mag'lub bo'ldi.

SHuningdek, o'sha o'yinda ko'plab arab jamoalari uchun taaluqli bo'lgan harakatni qayd etish kerak: saudiyaliklar vaqt cho'zishdi, simulyaciya ijro etishdi va har tomonda O'zbekiston terma jamoasi o'yinchilarining asablariga o'ynashdi. Bu narsa bu safargi chorak finalda ham ro'y berdi, ammo o'yin bo'yicha ustunlik biz tomonimizda edi.



Yaponiya - umuman boshqacha raqib. Bu sovuqqon hisoblash, yirtqich intizom va aql bovar qilmas "jismoniy holat". Kecha shu narsa ko'zga tashlandi: yaponlar maydonda turnirdagi so'nggi emas, balki birinchi o'yindek harakat qilishdi! Bunday raqiblar fonida jismoniy tayyorgarlik darajasi farqi yanada ko'zga tashlanadi. O'zbekiston terma jamoasi yaxshi holatda edi, ammo yaponlardan o'tish uchun shunchaki "ulardan ham o'tib ketish kerak", buni qilish esa deyarli imkonsiz edi.

Bunga qaramay Timur Kapadze jamoasi raqibdan yomon emasdi. Ha, o'yin yakunida O'zbekiston terma jamoasi deyarli ikki baravar ko'p zarba bergani ko'rishimiz mumkin, ammo ulardan nechtasi haqiqatdan ham xavfli chiqdi? Bunday jurnalistlarga xos gapni yomon ko'raman, ammo o'yin haqiqatdan ham deyarli teng edi.


Kecha O'zbekiston terma jamoasiga nima etmaganini o'ylagan holda bir nechta faktorlarni qayd etgan bo'lardim:

1) Legionerlarning ketgani. Kimdir buni "bahona" deb hisoblaydi, ammo fakt faktligicha qoladi: mudofaadagi Husanov va raqib darvozasi oldidagi Abbos bilan o'yin boshqacha bo'lishi mumkin edi. Abduqodirning kechagi o'yinda ishtirok etmagani, Abbosni esa kechadan oldingi kuni atigi 20 daqiqaga maydonga chiqqani ikki karra alamli.

2) Olimpiadaga kuch. O'zbekiston terma jamoasi asosiy vazifasini bajardi va tarixda ilk bor Olimpiadagi yo'llanma oldi. Yarim finaldagi Indoneziyaga qarshi o'yin o'ziga xos final bo'lgandi deyish mumkin. Endi ketma-ket ikkita finalni uch kun farq bilan o'tkazishni tasavvur qilavering!

3) Hissiy charchoq. Albatta, o'zbek futbolchilari arab va forslardan ancha uzoqda, ammo baribir hissiyot ko'p. Oldingi bandda aytganimdek, katta etibor aynan yarim finalga berilgandi. G'alabadan bo'lgan quvonch ham "finalcha" bo'lgandi - raqslar, kiyim almashtirish xonasidagi qo'shiqlar. Menimcha, aynan hissiyot O'zbekiston terma jamoasiga kechagi Yaponiyaga qarshi o'yinda etishmadi. Yaponlarda esa hissiyot umuman yo'qdek: ular hech qanday etirozsiz o'z ishlarini bajaradigan robotlarga o'xshaydi.



Penalti esa... Penalti haqida gapirgim kelmayapti. Bu suhbat uchun umuman alohida mavzu. Yanvardayoq kattalar Osiyo kubogida bunga guvoh bo'ldik. Agar "nuqtadan" o'z zarbasini Masharipovdek usta amalga oshira olmasa, yoshgina Rahmonalievni tanqid qilishdan mano nima?

Penalti tepish - bu alohida skill. Uni shug'ullantirish kerak. Bu zarba texnikasi, psixologik chidam va qaror qabul qilish. Kimdir darvozabonga mo'ljal qiladi va yugurishdagi pauzalar bilan uni "qimirlatishga" harakat qiladi. Kimdir darvozabon ololmaydigan qilib yon tarafning yuqorisiga zarba beradi. Kimdir o'yinchi o'ziga ishonmasa markazga tepishni maslahat beradi. Ammo, oldin aytganimdek, bu ham doim ishlamasligini yanvarda ko'rdik.

Yana barchasi boshqacha bo'lishi mumkindek (yoki bo'lishi kerak) his bor. Huddi kattalar o'rtasidagi Osiyo kubogidagidek. Ammo, har qanday holatda ham O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga ushbu turnir uchun rahmat. Yana ikki yildan so'ng oltin medallarni olishga urinib ko'ramiz. Balki uchinchi imkoniyatda buni qilishning uddasidan chiqarmiz".

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика