Kecha "Mashal" futbolchisining burnini sindirgan "SHo'rtan" darvozabonining keyingi taqdiri malum
04 apr 2024 11:32
Yangiliklar
Kecha "Mashal" futbolchisining burnini sindirgan "SHo'rtan" darvozabonining keyingi taqdiri malum
U avvaliga o'z darvozasidan ikkinchi golni o'tkazib yubordi. Keyin esa uni nishonlayotgan "Mashal" futbolchisi Ibrohim G'anixonovning yuz qismiga boshi bilan zarba berib, raqibini jarohatladi.
Bu SHerzod Abduraimov bilan sodir etilayotgan nomaqbul harakatning birinchisi emas. U 2020 yilning 1 dekabr kuni Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib borayotgan Farg'onaning ikki klubi — "Neftchi" va "Turon" o'rtasidagi uchrashuvda ham o'z xulqi bilan yodda qolgandi. Bellashuvni boshqarib borgan hakamga hujum qilganlar orasida Abduraimov ham bo'lib, O'FA Tartib-intizom qo'mitasi buning uchun darvozabonni 1 yil muddatga futboldan chetlatgan va 15 million so'm jarimaga tortgandi.
Kecha bo'lib o'tgan o'yinda "SHo'rtan" futbolchisi o'ziga nisbatan qo'llanilgan avvalgi sankciyadan tegishli xulosa chiqarmagani ko'rindi. SHundan kelib chiqib, uning navbatdagi qo'pol xatti-harakati O'FA qo'mitasi tomonidan ko'rib chiqiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar