Kecha jarohat olgan Azizbek Turg'unboev Dohada. Uni maydonda ko'ramizmi?
11 noy 2024 11:42
Yangiliklar
Kecha jarohat olgan Azizbek Turg'unboev Dohada. Uni maydonda ko'ramizmi?
Turg'unboev "Fenerbaxche" – "Sivasspor" o'yinining 60-daqiqasida jarohat olib, 2 daqiqadan keyin Bashyigitga almashtirildi.
Biroq xavotirga o'rin yo'q ekan. Bugun vinger Dohaga uchib keldi va hammasi joyida ekanligini takidladi.
"Jarohatim jiddiy emas. SHunchaki massajchilarimizga biroz ish orttirdim (kuladi). Oyoq mushaklarimni tortib oldim. SHuning uchun murabbiy meni zaxiraga oldi. Hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman", – dedi Turg'unboev.
Saytimiz o'quvchilari nomidan futbolchimizga sog'liq tilaymiz.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi 14 noyabr kuni JCH saralash bosqichi doirasida Qatarga qarshi bahs yuritadi. Uchrashuv 21:15 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar