So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  5 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

Katta-katta shaharlarda ham, kichik-kichik ko'ngilsizliklar bo'lib turadi Yangiliklar

Katta-katta shaharlarda ham, kichik-kichik ko'ngilsizliklar bo'lib turadi

"CHelsi" va 2017 yil yozida pullarni havoga sovurgan jamoalar haqida.

Angliya Premer-Ligasida bor yo'g'i bitta tur qolgani hech kimga sir emas. Demak, o'tgan mavsum sarhisobi uchun juda qulay fursat. Odatdagidek, omadli transferlar, yangi kashf etilgan iqtidorlar bilan bir qatorda, omadsiz kelishuvlar ham etarli bo'ldi. Menejmenti eng yomon ishlagan klub sifatida londonning "CHelsi" jamoasini ko'rsatishimiz mumkin. Etiborlisi, shunda ham Antonio Konte jamoasi hamon musobaqa bosh sovrini sovrin va kelasi mavsumda ECHL yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Transfer bozorida ishi yurishmagan faqat "CHelsi" emasligini ham takidlash lozim. Etiboringizga – beshta eng yomon transferni taqdim etamiz. Reytingni tuzishda, avvalo, quyidagi faktorlarga etibor qaratilgan: futbolchidan yangi klubi nimalarni kutgani, narxi, futbolchi salohiyati va kelajakda vaziyat qanday tus olishi mumkinligi.


5. Renatu Sanshesh ("Suonsi")

"Bavariya"ga qoyil qolmay iloj yo'q. Hattoki, omadsiz transferdan keyin ham sarflangan summaning katta qismini chiqarib oladi. 2016 yilning eng iqtidorli futbolchisi uchun "Bavariya" 35 million evro to'lab berdi. Bir mavsum o'tgach, Sansheshning bozori unchalik yurishmay qoldi, ammo myunxenliklar shu vaziyatda ham futbolchi ijarasidan pul ishlab olishni uddalashdi. "Suonsi" futbolchi ijarasi uchun 8 million evro o'tqizib berdi va "Bavariya"ni "Renatuning oylik maoshi" degan bosh og'riqdan xalos etdi.

Bunga Sanshesh qanday javob berdi deysizmi? Javoban futbolchi asosiy tarkibda to'qqiz o'yinni boshladi va ... Va jamoa ularning bor yo'g'i bittasida g'alaba qozondi. Renatu na gol urdi va na golli pas berdi. Klubdagilar xatolarini tushunib, portugaliyalikni ortga qaytarishmoqchi edi, birok Myunxendan "yana bir bor kelishuv shartlarini o'qib ko'ring" degan javob keldi. Bitim imzolanayotganda har qanday vaziyatda ham Renatuni yozgacha Germaniyaga qaytarib bo'lmasligi yozib qo'yilgandi.
Taqqoslashingiz uchun: "Bavariya"ning o'zi o'tgan yoz "Real"dan Xames Rodrigesni ikki yilga (!) 10 million evro to'lab oldi.


4. Devi Klassen ("Everton")
Agar bu futbolchinin tanimasangiz, u haqida eshitmagan bo'lsangiz, xavotirlanmang. Bu mavsum o'rtacha 40 futbolchi "Everton" libosida maydonga tushdi. Transferlarga esa deyarli 200 million evro sarflandi. Devi Klassen "Ayaks"dan "Everton"ga Gollandiya chempionatining eng aqlli futbolchilaridan biri sifatida 23,6 million funtga ko'chib o'tgandi. Ammo xavbekning aqlli harakatlariyu, qarorlariga Liverpulda extiyoj sezishmadi. Gollandiyalik APL futboliga, undagi yakkama-yakka kurashlarga tayyor emasligi ko'rinib qoldi. Bu uning ustun tomoni emasdi. Jamoaga Sem Ellardays kelgach, Klassenning "Everton" tarkibida qiladigan ishi qolmagani ayon bo'lib ulgurdi. Butun mavsum davomida 3 bor asosiy tarkibda maydonga tushgan Devi ona yurtiga qaytaversa ham bo'ladi.


3. Denni Drinkuoter ("Lester")
"CHelsi" uchun transfer oynasi eng omadsizlaridan biri sifatida tarixga kirdi. "Lester"ning sobiq azosi Konte qo'l ostidagi "CHelsi"da (italiyaliklar birinchi navbatdaga himoyadagi ishlarga etibor qaratishlarini bilasiz) asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. Denni bu ro'yxatga kiritilishining yana bir sababi u jamoada yangi bo'lgan Bakoyokoga kurashni boy berdi. Franciyalik yarim himoyachi ham unchalik kuchli o'yin namoyish etmasada, Denni undan yaxshiroqligini isbotlay olmadi. Balki, vaqt o'tib, vaziyat o'zgarib, yangi murabbiy qo'l ostida yaxshi o'ynab ketar. Ammo Drinkuoter Top-6 jamoalari darajasiga javob bera olmaydi chog'i.

27 yoshli yarim himoyachiga qanday qilib 35 million funt berish mumkinligi, vaholanki u bor yo'g'i bir mavsumgina yuqori darajada o'yin ko'rsatdi, bizga qorong'u. Futbolchi uchun esa bu transfer moliyaviy jihatdan foydali bo'ldi, ammo bolalik orzusidan ayirdi. Bunday mavsumdan so'ng, Drinkuoterni Jahon CHempionatiga olib ketmasliklari aniq.


2. Viktor Lindelyof ("Manchester Yunayted")

Lindelyof katta umidlar va shov-shuv bilan "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tgandi. Zlatan Ibragimovich "Yunayted" top-himoyachiga ega bo'lganini aytgan, jamoatchilik esa Viktor qiyofasida yangi Nemanya Vidichni ko'rgan edi, ammo... Zlatan futbolchini shunchaki hamyurti bo'lgani uchun maqtagani, mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlarida "Real"ga qarshi uchrashuvda sezila boshladi. Kasalini bekitsang, istimasi oshkor qiladi deganlaridek... Lindelyof oddiy vaziyatlarda xatoga yo'l qo'yar va hattoki havodagi kurashlarda ham ishonchli o'yin ko'rsata olmasdi va birinchi pas berishda ham o'rnak bo'la olmadi.

Mavsum boshida Joze Mourinyu futbolchini zaxiraga "berkitib qo'ydi", ammo "Xaddersfild" bilan o'yinda uni maydonga tushirishga majbur bo'ldi. Aynan Lindelyofning xatolari tufayli MYU ikki gol o'tkazib yubordi va barchasi tushunarli bo'lib ulgurdi. Balki, Viktor chindan ham yaxshi himoyachidir, lekin "Manchester Yunayted"dek boy tarixga ega klubning etakchilaridan biriga aylana oladiganlardan emas.

Qandaydir umid bordek, Mour mavsum oxirida shveciyalik futbolchiga ko'proq imkoniyat bermoqda, ammo 31 million funtga xarid qilingan o'yinchi asosiy tarkibga butkul yaqinlasha olmayotgani, transferning naqadar omadsiz bo'lganidan dalolat.


1. Alvaro Morata ("CHelsi")
Statistikaga qarasak, ispaniyalik futbolchining ishlari unchalik yomon emasdek. 29 o'yinda 11ta gol – maqtanishga arzimasada, o'ta yomon ko'rsatkich emas. Eng yomoni 70 million funt evaziga sotib olingan hujumchi bir necha omadsiz o'yinlardan keyin o'z kuchiga bo'lgan ishonchni butkul yo'qotib qo'ygani. Qiziq, ammo "aristokratlar" muxlislarining eng qo'rqqan ishi yuz berdi. Morata hammasi ko'ngildagidek ketayotganda o'zini ko'rsata oldi, ammo dastlabki qiyinchiliklardayoq futbolchi sinib qoldi. Dastlabki davrada ispaniyalik forvard to'purarlar ro'yxatida borayotgandi, ammo 2018 yilda Alvaro o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotdi va 4.5 oy davomida Premer-Ligada 1ta gol urishga erishdi. Bonus sifatida – Liga Kubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yinni ko'rsatish mumkin. Yodingizda bo'lsa, o'sha o'yinda Alvaro uch bor darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan, ammo har safar darvozani ishg'ol qila olmagandi. SHunisi aniqki, Morata hamyurti Diego Kostaning o'rnini bosa olmadi. "Ko'klar" endi alam bilan har o'yinda "jangga" tushgandek harakat qiladigan, maydonda borini beradigan forvard o'rniga, raqobatda Olive Jiruga joyini berib qo'yayotgan Morataga qanoat qilishga majburlar.

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика