So’nggi yangiliklar

11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  0 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  2 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  14 09:30“Арсенал“ ва “Челси“ 80 миллион фунтлик футболчи учун курашмоқда  1 09:03Вирцдан воз кечган “Ман Сити“нинг ёзги трансфер мақсади маълум  1 08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  7 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  16 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  6 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  34 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  12 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  12

Katanec vadasida turdi, O'zbekiston Turkmaniston ustidan ishonchli g'alabaga erishdi - taktika va tarkibdagi o'zgarishlar haqida Yangiliklar

Katanec vadasida turdi, O'zbekiston Turkmaniston ustidan ishonchli g'alabaga erishdi - taktika va tarkibdagi o'zgarishlar haqida

O'zbekiston terma jamoasi kecha "CAFA Nations Cup" musobaqasining 2-tur bahsida Turkmaniston terma jamoasi bilan to'qnash keldi va yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

SHomurodov tarixiy natija qayd etgan uchrashuvda Turkmaniston terma jamoasi futbolchilarimizni ancha qiynab qo'ydi.

Tarkibdagi o'zgarishlar

Turkmaniston terma jamoasiga qarshi uchrashuvda murabbiylar shtabi tarkibni ancha o'zgartirishdi va yangi futbolchilarga imkon berishdi. O'mon terma jamoasiga qarshi asosiy tarkibda o'ynagan bor-yo'g'i 4 nafar futbolchimiz Eshmurodov, Nasrullaev, Masharipov va SHukurov Turkmaniston terma jamoasiga qarshi ham asosiy tarkibdan joy olishdi. Qolgan poziciyalarda esa o'zgarishlarga qo'l urildi. Nematov, Husanov, Saitov, Mozgovoy, Sobirxo'jaev, Turg'unboev va SHomurodov kechagi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashdi.

Sog'lig'idagi muammolar sabab Sloveniyaga jo'nab ketgan terma jamoamiz bosh murabbiyi o'z vadasida turdi va "eskperiment"larni ikkinchi turdan boshlab yubordi. Yangi tarkibni maydonda ko'rish juda qiziq edi va tarkib yangilangani bois birinchi taymda bir oz o'yinimiz chiqmadi. Birinchi taymni juda yomon o'tkazdik va shu sababdan ikkinchi taymda bosh murabbiy yordamchisi Vlado Radmanovich asosiy tarkib futbolchilarini maydonga tashlashga majbur bo'ldi.


Taktika va uslub

Turkmaniston terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda terma jamoamiz 4-2-3-1 sxemasini tanladi. Birinchi o'yinda 3 ta markaziy himoyachi bilan harakat qilgan terma jamoamiz kechagi uchrashuvda 4 ta himoyachi bilan o'ynashni afzal ko'rdi. Qanot himoyachilarimiz hujumga o'tishda ancha "aktiv" bo'lishdi va qanotdan uyushtirilgan barcha hujumlarda ishtirok etishdi. Odil Xamrobekov o'rniga asosiy tarkibdan joy olgan Akmal Mozgovoy o'tgan uchrashuvdagi Odilning "funkciyasi"ni to'liq bajarib berdi. Ikkinchi taymda esa Xamrobekov uning o'rniga yana maydonga qaytdi. SHukurov va Mozgovoy (Hamrobekov) "tandemi" yana maydon o'rtasida to'pni olib qo'yish bilan band bo'ldi, hujumga o'tayotgan chog'imizda esa ular to'pni nazorat qilishga yordamlashishdi. Sardor Sobirxo'jaev esa kechagi uchrashuvda Jamshid Iskanderov poziciyasida harakatlandi va ikkinchi taym avvalida zaxiraga olindi, bunga sabab terma jamoamizning birinchi taymdagi omadsiz o'yini bo'ldi, shekilli. Azizbek Turg'unboev esa Oston O'runov o'rnini egallab, o'ng qanot vingeri sifatida harakat qildi. Terma jamoamiz ixtiyoriga kelib qo'shilgan SHomurodov o'zining poziciyasidan joy oldi va o'tgan uchrashuvda ko'p savollar tug'dirgan markaziy hujumchi poziciyasini to'ldirdi. Ikkinchi taym boshlanishidan avval tarkibimizda uchta o'zgarish ro'y berdi: Sobirxo'jaev o'rniga O'runov, To'rg'unboev o'rniga Hamrobekov, Mozgovoy o'rniga Erkinov maydonga tushdi. Ostonning maydonga tushishi terma jamoamiz hujumlarini havfliroq bo'lishini taminladi. O'runov uzoqdan bergan zarbasi bilan darvoza to'sinini poylashga ham ulgurdi. Erkinov esa o'z qanot tezligini ishga soldi va birinchi golga assistentlik qildi. 

Ikkinchi taymning 60-daqiqalariga kelib O'runov Masharipov bilan poziciyalarini almashishdi va Jaloliddin Masharipov maydon markazida o'tib, o'ynay boshladi. 73-daqiqada esa Masharipov o'rniga Iskanderov maydonga tushdi va maydon markazi Jamshid Iskanderovga topshirildi. Gol o'tkazib yuborganidan so'ng Turkmaniston terma jamoasi ko'p hujumlar uyushtirdi va bir nechta xavfli vaziyatlar yaratdi. Darvozamiz tomon berilgan vaziyatda Nasrullaev elkasi bilan to'pni qaytargan bo'lsa, keyingi hujumlarida raqiblarimiz ikki marotaba darvoza to'sinini nishonga olishdi. Ko'proq hujumga o'tishga majbur bo'lgan raqiblarimiz maydon markazida to'pni yo'qotishdi, Iskanderov esa ajoyib pasi bilan O'runovni darvozabon bilan birga-bir chiqardi, darvozabon to'pga birinchi bo'lib etib bordi va to'pni tepib yubordi. Qaytgan to'pga ega chiqqan Jamshid bu safar to'pni Eldorga uzatdi va Eldor bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi. Eldor kechagi gollari bilan O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.


Umumiy fikrlar

O'zbekiston terma jamoasi kecha ikki xil taym o'tkazdi. Birinchi taymda yangi tarkib bo'lgani uchunmi yoki raqibni mensimaslik sababmi terma jamoamiz o'ziga o'xshamadi. Ikkinchi taymda esa asosiy tarkib futbolchilarimiz maydonga qaytdi va masala hal etildi. Takidlab o'tish kerakki, Turkmaniston terma jamoasi kechagi uchrashuvda ancha yaxshi harakat qildi va kamida bitta gol urishga loyiq edi.


Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика