Karvaxal Trent bilan raqobat haqida gapirdi
22 may 13:41
Yangiliklar


Karvaxal Trent bilan raqobat haqida gapirdi
Jarohati tufayli kuzdan beri maydonga tushmagan "Real"ning o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal madridliklar jamoasidagi kelajagi haqida fikr bildirdi va Trent Aleksander-Arnold bilan asosiy tarkibdagi o'rin uchun bo'lajak raqobat haqida to'xtaldi.
"Vaziyat aniq. Hozircha hech narsa rasman tasdiqlanmagan, ammo shunday bo'ladiganga o'xshaydi. Raqobatdan qo'rqish? Hech qanday qo'rquv yo'q. Biz jamoadosh bo'lamiz. Jamoadagi o'rin uchun kurash bizni yanada kuchliroq qiladi", – dedi Karvaxal Trentning yaqin orada kelishi haqida.
Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, 26 yoshli Trent madridliklar bilan 5 yillik, 2030 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi. Angliyalik futbolchining transfer bahosi 75 mln evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
17:05
Modrichga "Real"dan yangi taklif tushmadi – La Liganing navbatdagi turida xayrlashuv kutilmoqda 1

Fikrlar