So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  3 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Karrager Emerini Arteta va Pochettinodan ustun ko'rdi Yangiliklar

Karrager Emerini Arteta va Pochettinodan ustun ko'rdi

Taniqli ekspert Jeymi Karrager Unai Emerining "Aston Villa"dagi faoliyati haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Unai Emeri – joriy mavsum APLning uchinchi eng yaxshi murabbiyi. Ha, CHempionlar Ligasi g'oliblari Yurgen Klopp va Pep Gvardiola bor. Ammo Unai Emerining "Aston Villa"dan tashqaridagi faoliyatiga nazar tashlasangiz, u doimiy ravishda Evropa Ligasida g'alaba qozonayotganini ko'rasiz. Mikel Arteta va hatto Maurisio Pochettino ham bu bilan maqtana olmaydi.

Agar Unai Emeri kelganidan beri o'tgan 12 oyga qarasangiz, "Aston Villa"ni "Manchester Yunayted"dan yaxshiroq shug'ullantirishayotganini ko'rasiz. Bunga mutlaqo shubha yo'q.

"Villa" menejer tufayli evrokuboklarda uzoqqa boradi. Ularning Konferenciya Ligasida juda yaxshi ishlayotganini ko'ryapman. Demak, mavsumning ikkinchi yarmida ular payshanba va yakshanba kunlari ko'p o'ynashlari mumkin", – dedi Jeymi Karrager.

Eslatib o'tamiz, Unai Emeri o'tgan mavsum quyi ligaga tushib ketayotgan "Aston Villa"ni 7-o'ringa ko'targandi. "Villanlar" APLning ushbu mavsumida peshqadam "Manchester Siti"dan 3 ochko ortda qolib, 5-pog'onani egallab turibdi. SHuningdek, ular Konferenciya Ligasining pley-off bosqichiga yo'llanmani deyarli qo'lga kiritishdi.

Malumot o'rnida, Unai Emeri to'rt karra Evropa Ligasi g'olibi sanaladi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика