Karrager: "Arsenal" - ECHLni yutishi mumkin bo'lgan 4–5 klubdan biri"
22 okt 19:46
Yangiliklar


Karrager: "Arsenal" - ECHLni yutishi mumkin bo'lgan 4–5 klubdan biri"
ECHL guruh bosqichining 3-turida Mikel Arteta shogirdlari "Atletiko"ni 4:0 hisobida mag'lub etishdi.
"Menimcha, hozirgi paytda "Arsenal" va "Bavariya" – ichki chempionatda ham, ECHLda ham eng kuchli jamoalar.
Men "Arsenal"ni Chempionlar Ligasida yuqori natijalarga erisha oladigan jamoa deb hisoblamaganman. Ular hali ECHLni yutmagan, "Arsenal"ga har doim nimadir etishmagan.
Terri Anri davridagi "Arsenal" Premer-ligada men qarshi o'ynagan eng kuchli jamoa edi, lekin hatto o'sha jamoa ham ECHLni yutishga etarlicha yaqin bo'lmagan. Finalga etib borgan jamoa ham chempion emas edi.
Hozirgi jamoani kuzatar ekanman, ularning himoyada qay darajada kuchli ekanini ko'ryapman. Mening "Liverpul"im, 2005 yilda ECHLni yutgan jamoa, hujumda ideal emasdi, lekin himoyada juda kuchli edik. Bu jihat har doim senga imkoniyat beradi, ayniqsa, pley-offda ikki o'yinli to'qnashuvlarda. Agar himoyada kuchli bo'lsang, har doim imkoniyating bor.
Shuning uchun, ha, men "Arsenal"ni bu musobaqani yutishi mumkin bo'lgan to'rt yoki besh klubdan biri deb hisoblayman", – dedi "Liverpul"ning sobiq himoyachisi CBS Sports efirida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar