Karius "Liverpul"ga qaytmoqchi
20 mar 2019 18:45
Yangiliklar


Karius "Liverpul"ga qaytmoqchi
Ijara asosida "Beshiktosh" sharafini himoya qilayotgan "Liverpul" posboni Loris Karius turk klubini tark etmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchi maresisaydliklar rahbariyatiga murojaat qilib, ijarani bekor qilishni so'radi. Germaniyaning ikki klubi - "Aytnraxt" va "Fortuna" darvozabonni o'z safida ko'rmoqchi.
Oldinroq, Karius 4 oydan beri "Beshiktosh"da maosh olmayotgani, turk klubi futbolchidan 1 mln. evro qarz ekanligi elon qilingan edi.
Karius joriy mavsum oldidan ijara asosida 2 yilga "Beshiktosh"ga o'tgan edi. Joriy mavsum posbon Turkiya Superligasida 22ta uchrashuvda maydonga tushib, 27ta gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar