Kapello Ronaldo haqida: "Real" prezidentidan uni haydab yuborishni so'raganman"
26 mar 2023 02:15
Yangiliklar
Kapello Ronaldo haqida: "Real" prezidentidan uni haydab yuborishni so'raganman"
Fabio Kapello 2007 yilda "Real"dan Ronaldoni haydab yuborishni so'ragani haqida aytib berdi.
"Real"ni omadi bor, chunki klub Ronaldodan qutilgan. Hazillashyapman... Ammo bu hazilda haqiqat bor.
Men klub prezidenti bilan suhbatlashib, Ronaldoni klubdan haydashni so'raganman.
U 94 kg edi. Ronaldoga savol berganman: "JCH-2002 chempioni bo'lganingda vazning qancha edi?" U 84 deb javob berdi.
Klub prezidentiga Ronaldoni sotish kerakligini aytganman. Qaysidir arab jamoasi bilan kelishuv bor edi, ammo keyin Berluskoni qo'ng'iroq qildi: "Fabio, Ronaldo bilan nima bo'lyapti?"
Unga shunday deganman: "Sinor prezident, uni olmang, u tungi hayot va ayollarni yaxshi ko'radi, vazni 94 kg". "Katta rahmat, Fabio!" deb javob qaytargan sobiq bosh vazir.
Keyingi kun esa Ronaldo "Milan"ga o'tayotganini eshitganman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar