Kamoliddin Tojiev: "Paxtakor" hamma frontda oliy maqsad qo'yadi. Ko'p gol o'tkazayotganimiz meni bezovta qilmoqda"
14 may 00:25
Yangiliklar
Kamoliddin Tojiev: "Paxtakor" hamma frontda oliy maqsad qo'yadi. Ko'p gol o'tkazayotganimiz meni bezovta qilmoqda"
– "Paxtakor" tarkibidagi yo'qotishlarning qanday sababi bor?
– Flamarion va Abdullaevda jarohat bor edi. Xolmatov va Hamdamovda ham o'xshash holat.
– Jonatan Lukka ham bir nechta o'yindan beri maydonga tushmayapti. Bunga sabab nima?
– Lukka tizzasidan jarohat oldi va olti oyga safga chiqdi. Jiddiy jarohat.
– Kamoliddin aka "Paxtakor" sizning qo'lostingizda ikkinchi g'alabani qayd etdi. Raqiblar jiddiy edi. Buning qanday sabablari bor?
– Yigitlarning ruhiy holatini yaxshilashimiz kerak. Ularning deyarli barchasi terma jamoa darajasidagi kuchli o'yinchilar. Ruhim tomondan ularni qo'llashimiz kerak. Ular ruhiy chuqurlikka tushib qolishgandi. Buni to'g'irlashimiz kerak. Ko'p gol o'tkazayotganimiz meni bezovta qilmoqda.
– Dostonda jarohat borligini aytdingiz. Hamdamov o'tgan tur o'rinbosarlar safida harakat qilgandi...
– Unda o'yin amaliyoti yo'qligi uchun o'rinbosarlar safida o'ynatgandik. Jarohat aynan o'sha o'yinda yuz berdi.
– Kubokni qo'lga kiritish, xalqaro musobaqaga yo'llanmani kafolatlaydi. "Paxtakor"ga kubok yoki Superligadan qaysi biri muhimroq?
– "Paxtakor" hamma frontda oliy maqsad qo'yadi. Bizda hammasi muhim.
– Natija sizning foydangizga bo'ldi, ammo qaysi jihatlardan ko'nglingiz to'lmadi?
– Himoya. Ko'p gol o'tkazyapmiz. Gol ham uryapmiz, ammo o'tkazib ham yuboryapmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar