So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  8 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Kamoliddin Tojiev: "O'rinboevning taklifi bor. Nasib qilsa, u ketadi" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "O'rinboevning taklifi bor. Nasib qilsa, u ketadi"

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng (2:0) "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun tezkor gol urishni maqsad qilgandik. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng raqib hujumga o'tishi va ochiq zonalarga ega bo'lishimizni kutgandim. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo raqib darvozaboni juda yaxshi o'yin o'tkazdi. Birinchi bo'limda havo ham issiq bo'ldi", - deya fikr bildirdi Kamollidin Tojiev bahs yakunlangach.

- "Paxtakor" jarima maydonchasi ichida juda ko'plab vaziyatlar yaratmoqda, ammo ulardan foydalanish oqsamoqda...

- Sovuqqonlik. Bundan avvalgi o'yinlarda ko'plab gollar urayotgan edik. So'nggi ikki uchrashuvda esa kamroq gol urishni boshladik. Lekin vaziyatlar yaratayotganimiz meni xursand qilmoqda.

- Vaqti kelib O'zbekistonda kuz-bahor tizimiga o'tish mumkinmi?

- Bunga tayyor bo'lish kerak. Ayniqsa maydonlarni. Bizda qish sovuq keladi. Agar sharoitlar yarata olsak, o'tsak bo'ladi. Hozirgi issiq havoda futbolchilar biroz charchab qolishmoqda.



- Muhammadali O'rinboev Belgiya klubiga o'tishi haqida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, Muhammadali Usmonov "Andijon" jamoasiga o'tishi haqida xabarlar tarqaldi...

- O'rinboevning taklifi bor. Nasib qilsa, u ketadi. Usmonov haqida esa yangilik yo'q.

- Jamoaga yozgi transferlar oynasida kuchayadimi?

- 2-3 futbolchilarni olib kelishni reja qilganmiz. Mahalliy va legioner futbolchilar.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика