So’nggi yangiliklar

11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  0 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  5 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  2 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3

Kamoliddin Tojiev: "Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. O'n nafar futbolchimiz terma jamoalarga yo'l olishadi" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. O'n nafar futbolchimiz terma jamoalarga yo'l olishadi"

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Xorazm" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Dastlabki daqiqalarda o'tkazib yuborgan golimiz tufayli o'yinga tuzilgan rejamiz o'zgarib ketdi. Yigitlar shoshib qolishdi. Muhimi bugun uch ochkoni qo'lga kiritdik. "Xorazm" yaxshi shakllangan jamoa ekanligini yigitlarga ham aytgan edi" - deydi Kamoliddin Tojiev bugungi bahs haqida.


- "Paxtakor" birinchi bo'limda ko'plab hujumlar uyushtirdi va "Xorazm"ni himoyalanishga majbur qila oldi. Tanaffusdan keyin esa "Xorazm" ko'plab vaziyatlar yaratdi va mening nazarimda ustunlik qildi. Ikkinchi taymda jamoangiz o'yini sustlashganiga nima sabab bo'ldi?

- Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bugungi bahs avvalgi o'yinlarga qaraganda qiyinroq kechdi. Raqib ham vaziyatlar yarata oldi, ammo yakunda biz gol urib ketdik. Charchoq alomatlari ham sezilmoqda.

- Jonatan Luis jarohat olib maydonni tark etdi. Darvozabonning holati qanday?

- Jiddiy jarohat emas. To'pig'ini qayirib olgan, xolos. U keyingi uchrashuvlarga tayyor bo'ladi. Nazarov esa shamollab qolgan.

- Hojiakbar Alijonov bugungi o'yinga zaxiradan qo'shildi. Alijonovda jarohat bormi?

- O'tgan uchrashuvda jarohat olgan edi va biz uni birinchi bo'limdan so'ng almashtirgan edik. Bugun esa tavakkal qilish noto'g'ri edi, ammo baribir maydonga tushirishga majbur bo'ldik. Oldinda terma jamoamiz o'yini ham bor. Alijonovni terma jamoa uchun ham asrashimiz kerak.



- Yosh himoyachi Dilshod Abdullaevga so'nggi uchrashuvlarda imkoniyat bermoqdasiz. Abdullaevni ko'pchilik yosh va iqtidorli himoyachi deb biladi, ammo bugungi kunga qadar u asosiy jamoada o'z imkoniyatiga ega bo'lmayotgan edi. Yosh himoyachining o'yiniga qanday baho berasiz?

- Uni oldin ham o'ynatganmiz. Kam bo'lsa ham o'yin amaliyotiga ega bo'lgandi. Yosh futbolchilarga barqarorlik kerak. U juda mahoratli va kelajakda terma jamoamizga ham chaqiriladi.

- Oldinda FIFA kunlari bor. "Paxtakor" jamoasi ushbu tanaffusdan qanday foydalanmoqchi? FIFA kunlarida davomida Pedru Moreyra jamoaga qaytib qolishi mumkinmi?

- Biz ham shuni o'ylab turibmiz. FIFA kunlari davomida yigitlarning jismoniy holatini yaxshilab olmoqchi edik, lekin o'n nafar futbolchimiz terma jamoalarga yo'l olishadi. O'rinbosarlar tarkibidan ettita futbolchi yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan. Jamoada bor-yo'g'i 15ta futbolchi qoladi. Shu tarkib bilan ham yig'in o'tkazamiz, biroq asosiy futbolchilarimiz terma jamoa safida bo'lishadi.

- O'zbekiston Superkubogi finalidan kutilmalaringiz qanday?

- Superkubok har doim bir o'yindan iborat va kim g'alaba qozonishi qiziiqarli. O'yin chiroyli bo'ladi deb o'ylayman. Axir final bahsi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика