So’nggi yangiliklar

17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  5 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  7 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  1 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  11 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  5 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  16 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11

Kamoliddin Murzoev: "Nasaf" javob uchrashuvida "SHarja"dan revansh olishi mumkin" Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: "Nasaf" javob uchrashuvida "SHarja"dan revansh olishi mumkin"

Kecha O'zbekiston jamoalari OCHL guruh bosqichi 3-turidagi ishtirokini boshladi.

OKMK o'z maydonida "Sepaxon"ga mag'lub bo'lgan bo'lsa, "Navbahor" Namanganda irodali g'alabaga erishdi. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda 1 ochko bilan qaytish imkonidan mahrum bo'ldi. Bugun "Paxtakor" Turkmanistonning "Ahal" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur uchrashuvlar haqida saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov tajribali mutaxassis Kamoliddin Murzoaevning fikrlari bilan qiziqib ko'rdi. 

- Ochig'ini aytganda, "Navbahor" futbolchilari va muxlislari uchun xursandman. Oxirigacha kurashib, yakunda g'alaba qozonishdi. OKMK futbolchilari bundanda yuqori natijalarga loyiq. O'ylaymanki, qolgan uchta o'yinda OKMK jamoasi uyaltirib qo'ymaydi. "Nasaf" potenciali bor jamoa. Uydagi javob uchrashuvida "SHarja" ustidan g'alaba qozona oladi. Kecha so'nggi daqiqalarda faqat omad yuz o'girdi. Umuman olganda, raqiblar ham shunchaki 3 ochko olib ketish uchun kelmayapti, kurashyapti. 

- Mavsum yakunlanayotgan pallada OCHL guruh o'yinlarining qizg'in pallaga kirishi jamoalarimizga bosh og'riq bo'ladi. Oldin bunday holat bo'lmagan. Hozirgi kunda "Nasaf", "Navbahor", "Paxtakor" va OKMK bu pallada aniq yo'nalishni tanlab olish muhim. Murabbiylar qiyin vaqtda echim topa olishi kerak. Bir o'yindan ikkinchi o'yingacha maksimal tayyorlash asosiy omillardan biri hisoblanadi. SHunday holatlar bo'lyaptiki, OCHLdan keyin darhol chempionat uchrashuvlariga o'tish qiyinchiliklar tug'diradi. Bu narsani nafaqat o'zimizda, balki Evropada ham ko'rishimiz mumkin. Futbolchilarni ruhan tayyorlash ham katta mahorat talab qiladi. SHu masalalarda jamoalarning rahbarlari etiborliroq bo'lishi zarur. Safar o'yinlariga borishni tashkillashtirish va hokazo. Yuqori natijani ko'zlagan jamoalar futboldagi mayda detallarigacha ahamiyat berishi kerak deb o'ylayman. 

- "Paxtakor"ning g'alabasini hammamiz kutmoqdamiz. Bir narsani aytish kerakki, oddiy va oson g'alaba bo'lmasligi mumkin, chunki o'zbek va turkman jamoalari o'rtasidagi o'yinlar doim keskin kechgan. Ular bizga etarlicha qarshilik ko'rsata olgan. SHunday bo'lsa-da, amaldagi chempionimiz muxlislarga ko'tarinkilik taqdim qilgan holda g'alabani o'ziniki qiladi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика