Kamoliddin Murzoev: "Andijon"da tarix yozishga imkon bor. "Nasaf"ga qarshi bellashuv ochiq va gollarga boy bo'ladi"
26 may 18:43
Yangiliklar
Kamoliddin Murzoev: "Andijon"da tarix yozishga imkon bor. "Nasaf"ga qarshi bellashuv ochiq va gollarga boy bo'ladi"
O'tmishda bir necha etakchi jamoalar safida to'p tepgan, hozirda Futbolchilar uyushmasini boshqarayotgan Kamoliddin Murzoev ertangi "Nasaf" – "Andijon" uchrashuvga munosabatini bildirdi.
"O'ylaymanki, “Andijon”da tarix yozish imkoniyati bor. Ertaga ochiq va murosasiz bellashuv bo'ladi. Muxlislarga manzur tushadigan o'yin kutmoqdaman. Mag'lubiyatlar seriyasiga tushib qolgan bo'lsa-da, "Andijon" so'nggi turda muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Bu jamoaga ruhiy madad bo'lib xizmat qiladi.
"Nasaf" esa amaldagi chempion sifatida o'z salohiyatini yana bir bor isbotlash uchun maydonga chiqadi. Ammo ayni paytda jamoalarning chempionatdagi holati yoki jadvaldagi o'rni bu uchrashuvda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmaydi. Futbol – bu bir o'yinlik kurash, unda har qanday imkoniyat yuzaga chiqishi mumkin.
Shu sababli gollarga boy, shiddatli va dramatik qarama-qarshilik guvohi bo'lishimiz ehtimoli katta", – dedi Kamoliddin Murzoev.
Eslatib o'tamiz, Superkubok bellashuvi ertaga "Bunyodkor" stadionida 19:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar