So’nggi yangiliklar

11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  2 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  2 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  8 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21

Kamadaga "Ayntraxt"da qolsa, Nobel mukofotini vada qilishdi. Qanday qilib? (mutolaa uchun) Yangiliklar

Kamadaga "Ayntraxt"da qolsa, Nobel mukofotini vada qilishdi. Qanday qilib? (mutolaa uchun)

Qiziq...

"Ayntraxt" CHempionlar ligasi 1/8 finalida "Napoli"ga yutqazgan bo'lsa ham, yarim himoyachi Daiti Kamada Nobel mukofotini olishi mumkin. Buning uchun u atigi bitta shartni bajarish kerak – "Ayntraxt"da qolish.

Buni qanday tushunish mumkin?


Kamadaga medalni Nobel laureati vada qildi

Nemis Benjamin List Devid Makmillan bilan birga 2021 yilda "assimetrik organokatalizni rivojlantirish" uchun Nobel mukofotiga savozor bo'ldi. Ular bir-birlaridan mustaqil ravishda yangi dori vositalarini yaratish yoki quyosh panellarining samaradorligini oshirish imkonini beruvchi molekulalarni yaratishning yangi usulini ishlab chiqdilar.

List – "Ayntraxt" muxlisi. Albatta, u sevimli jamoasining etakchilaridan biri Kamadaning shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanishini biladi.

List Kamadaga Amazon Prime efirida noodatiy taklif berdi: "Yaponiya uchun muxlislik qilaman. Sevimli o'yinchilarimdan biri – Makoto Xasebe. Ammo, Kamadaning ketishi yuragimni parchalagan bo'lardi. Bugungi kundagi imkoniyatlarimdan foydalanishni xohlayman va o'rtaga medalni qo'yaman. Agar u qolsa [klubda], men medalni unga beraman".

Ha-ha, bu go'zallik bilan xayrlashishga tayyorman:



"Ayntraxt" sport direktori Markus Kreshe shu lahzada hazil qo'shib qo'ydi: "Agar Daiti buni eshitayotgan bo'lsa, u qolishiga to'g'ri keladi".

Bularning barchasi "Napoli"ga qarshi o'yin oldidan ro'y berdi. Futbolchining reakciyasi hozircha nomalum.


Kamada – klubning eng yaxshi o'yinchilaridan, unga top-ligalardan qiziqish bor

Kamada "Ayntraxt"da to'laqonli to'rtinchi mavsumini o'tkazmoqda. Ularning har biri qandaydir qiziq narsalar bilan ajralib turibdi. U 2019/20 yilgi mavsum Evropa Ligasida xet-trik rasmiylashtirdi – evrokuboklarda yaponlardan buni faqatgina Minamino qila olgan. Keyingi mavsum samaradorlik bo'yicha eng yaxshisi bo'ldi – Bundesligada gol+pas bo'yicha 5+12.

O'tgan mavsum unutilmas bo'ldi – Kamada jamoa bilan Evropa ligasini yutdi, u musobaqada to'rt turli raqiblarga gol urdi va finalda o'yindan keyingi penaltini aniq amalga oshirdi. Temp hozirda eng yaxshi mavsumga o'xshamoqda, faqatgina chempionatdagi raqamlar joyi bilan o'zgargan – assistlardan ko'ra gollar ko'p (19ta o'yinda 7+4), barcha musobaqalarda 13ta.

SHuningdek yangi hislar – yapon CHempionlar ligasida guruhdagi barcha jamoalarga gol urdi.



Mundo Deportivo yanvarda Kamadani "Barselona" jiddiy tarzda ko'rib chiqayotganini xabar qildi. 90min.com esa o'z manbalariga tayangan holda, o'yinchi uchun jiddiy klublar to'dasi ovga chiqqanini yozdi: "Liverpul", "Man Siti", "Nyukasl", PSJ, Dortmundning "Borussiya" klubi. Yaponiyaning Sponichi nashri "Bavariya"ning qiziqishi haqida yozdi.

Sport1 jurnalisti Kristofer Mishel "Ayntraxt"ning "Xoffenxaym" va "Kyoln"dagi Kamadaning poziciyasiga o'xshash o'yinchilarga qiziqayotganini xabar qildi va bu bilan yaponning ketishini oldindan hal bo'lganini shama qildi.

Ammo, qiziquvchi klublarning nomi shunchalik baland bo'lganidan, hatto Nobel medali ham to'xtata olmaydi.


Eslatma: Nobel mukofoti sovrindorlariga qanday medallar beriladi

Nobel jamg'armasining 1990 yilgi Nizomiga ko'ra, har bir laureat pul mukofoti, diplom va Alfred Nobel surati tushirilgan medal, shuningdek tegishli yozuvni oladi. Medallar haqida yana nimalarni bilish kerak:

• Ular dizayn bilan farq qiladi, ammo fizika va kimyo bo'yicha bir xil.

• Medallar 1980 yilgacha 23 karatli oltindan tayyorlangan, keyin esa 24 karatli oltin bilan qoplangan 18 karatli yashil oltingan yasalgan.

• Har bir medalning og'irligi – taxminan 175 g, diametri – 66 mm, qalinligi – 5,2 mmgacha.

• Ular SHveciyaning Eskilstuna hududida, Tinchlik medalidan tashqari qolganlari shuningdek Norvegiyaning Kongsbergida tayyorlanadi.

• 1975 yilda iqtisod bo'yicha Nobel mukofoti asli sovet ittifoqidan bo'lgan Leonid Kantorovich va amerikalik Tyalling Kupmansga berilgandi. Ammo, taqdirlash marosimida medallar aralashib ketgan va ikkisi ham uyiga boshqa odamning mukofotlari bilan qaytishgan. Bularning barchasi sovuq urushda ro'y bergan, shunday ekan medallar faqatgina to'rt yildan so'ng almashilgan.

• Yana bir shunday voqea ro'y bergan: Ikkinchi jahon urushi paytida fizik Nils Bor Daniyadan SHveciyaga ketmoqchi bo'lgan, ammo medalni olib o'tish tavakkal edi – nemislar tomonidan okkupciya qilingan hududlardan oltin olib chiqish qattiq jazolanardi. Bor shu sabab medalni qirol arog'iga singdirib yubordi. Urushdan keyin esa undan oltin olindi va Bor uchun yangi medal tayyorlandi.



Ammo, Borning arxividagi hujjatlar bu voqeani tasdiqlamaydi. Unda medali Finlyandiyada 1940 yilgi qishki urushga yordam berish fondida aukcionda sotilgan deyilgan. Ammo, Nobel medallari bilan bunday holat baribir ro'y bergan – fiziklar Maks fon Laue va Jeyms Frank o'z mukofotlarini shunday qilib saqlashgan. Urushdan so'ng Nobel jamg'armasi ularga yangi medallar bergan.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика