Kaka: “Ronaldu yana ko'p yillar dunyodagi eng yaxshilardan biri bo'lib qoladi”
23 avg 2018 07:55
Yangiliklar
Kaka: “Ronaldu yana ko'p yillar dunyodagi eng yaxshilardan biri bo'lib qoladi”
“Real” va Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Kaka qirollik klubida Ronaldu bilan birga to'p tepgan yillarini esga oldi.
“Krishtianu bilan birga to'p tepish ajoyib edi. Ung qarshi to'p tepish ham. U musobaqalashishni xush ko'radi va doim g'alaba qozonishni istaydi.
Madridda o'tkazgan yillarim quvnoq kechgan. Biz Krishtianu bilan juda ahil edik. Portugal tilida gaplashadigan men, Marselo, Pepe va Krishtianu qalin do'st edik.
Ronaldu barcha bilan birdek chiqishib keta oladigan inson.O'ylashimcha, u “Yuventus”ga o'tib xato qilmadi. U mehnatsevarligi, tirishqoqligi, professionalligi bois hali ko'p yillar dunyoning eng yaxshi futbolchisida biri bo'lib qolaveradi”, deya Kakaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar