Kaka: "Har doim ham Mourinoning gapiga qo'shilmas edim, ammo keyin meni maqtadi"
19 sen 2015 14:16
Yangiliklar
Kaka: "Har doim ham Mourinoning gapiga qo'shilmas edim, ammo keyin meni maqtadi"
Hozirda "Orlando Siti" safida o'ynayotgan "Real"ning sobiq yarim himoyachisi Kaka "qaymoqranglilar" safida Joze Mourino bilan munosabatlari qanday bo'lgani haqida so'zlab berdi.
"Real"da menga barqarorlik etishmas edi. Avvaliga jarohatlar tufayli, keyin esa murabbiy. Ammo doimo professional bo'lib, uning qarorlarini hurmat qilganman. Munosabatlarimiz yomon bo'lmagan. To'g'ri, bazida uning fikrlariga qo'shilmas edim, ammo ishlashda davom etishdan boshqa yo'l yo'q edi. Natijada u meni professional deb maqtadi. Odamlar meni aynan shunday eslab qoladi degan umiddaman. "Real"da qo'limdan kelgan barcha ishni qilganman" - deydi Kaka.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar