Kabak: "Doim "Liverpul"da o'ynashni orzu qilganman" Yangiliklar

Kabak: "Doim "Liverpul"da o'ynashni orzu qilganman"

"SHalke"dan "Liverpul"ga o'tgan Ozan Kabak yangi klubi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Tomonlar xarid qilish huquqi bilan o'yinchining mavsumning so'nggiga qadar ijarasi borasida kelishuvga erishishgan.

"Liverpul" - bolalikdagi jamoam. Doim bu jamoa uchun "Enfild"dagi ajoyib muxlislar armiyasi oldida o'ynashni orzu qilganman. Orzuim amalga oshdi.

Yurgen Klopp qachon maydonga chiqishim mumkinligini hal qiladi. O'z imkoniyatimni kutaman va yuz foiz bor kuchimni ishga solaman", - deydi 20 yoshli futbolchi.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика