Joau Feliks ham koronavirusga chalindi. Bunga qadar asosiy tarkibning ikki o'yinchisi kasallangandi Yangiliklar

Joau Feliks ham koronavirusga chalindi. Bunga qadar asosiy tarkibning ikki o'yinchisi kasallangandi

"Atletiko"da koronavirus bilan bog'liq muammolar avj olmoqda.

Madrid klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, jamoa hujumchisi Joau Feliksning koronavirus uchun topshirgan testi musbat natija bergan.

Portugaliyalik futbolchi ayni damda uyida o'zini izolyaciya qilgan va sog'liqni saqlash organlari ko'rsatmalariga amal qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar yarim himoyachi Yannik-Ferreyra Karrasko va himoyachi Mario Ermosoda ham kasallik aniqlangandi.

"Atletiko" La Ligada katta ustunlik bilan 1-o'rinda bormoqda. Jamoa eng yaqin taqibchilari - "Real" va "Barselona"dan 10 ochko ilgarilab ketgan va bitta zaxira o'yiniga ega. "Atleti" o'zining keyingi o'yinini 8 fevral kuni o'z uyida "Selta"ga qarshi o'tkazadi.

 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика