Jiyanov va Yo'ldoshev "Pari NN" tarkibida nazorat bahsida maydonga tushishdi
04 iyu 2023 17:23
Yangiliklar
Jiyanov va Yo'ldoshev "Pari NN" tarkibida nazorat bahsida maydonga tushishdi
Yaqindagina "Pari NN" jamoasi bosh murabbiy Sergey Yuranning xohishi bilan Ruslan Jiyanovni "Olimpik"dan ijaradan ortqa qaytargan edi. Biroz avval jamoa 2-liga klubi hisoblangan "Tekstilshik" bilan nazorat bahsi o'tkazdi. Unda bosh murabbiy 2 bo'limda 2 xil tarkibni maydonga tushirdi. Hamyurtlarimiz Ibrohim Halil Yo'ldoshev hamda Ruslanbek Jiyanov birinchi bo'limdagi tarkibda maydonga tushishdi. Uchrashuvda "Pari NN" 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Nazorat o'yini
"Pari NN" - "Tekstilshik" 2:0
Gollar: Aleksandr Troshechkin (dubl)
"Pari NN" (1-bo'lim): 13.Ko'rikdagi darvozabon, 2.Aleksandrov, 24.Gocuk, 22.Kakkoev, 6.Ibrohim Halil Yo'ldoshev, 10.Troshechkin, 8.Mayga, 78.Kalinskiy, 89.Stockiy, 17.Ruslanbek Jiyanov, 7.Sevikyan.
2-bo'limdagi tarkib: Ko'rikdagi darvozabon, Tixiy, Masoero, Mixaylov, Jigulev, Sutugin, Suleymanov, ko'rikdagi 4 futbolchi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar