Jiru: "O'z oldimga gollar bo'yicha Platiniga etib olish maqsadini qo'ydim"
26 mar 2019 11:36
Yangiliklar


Jiru: "O'z oldimga gollar bo'yicha Platiniga etib olish maqsadini qo'ydim"
Franciya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Islandiyaga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv (4:0) haqida fikr bildirdi.
"Bu jahon chempionatidan so'ng o'tkazgan eng yaxshi uchrashuvimiz bo'ldi. Vaziyatlardan foydalandik, yaxshi kombinaciyalar amalga oshirdik. Moldovaga qarshi bahsdan farqli o'laroq, biz butun bahs davomida yaxshi harakat qildik.
Haqiqiy hujumchilarning golini urdim. O'z oldimga terma jamoa to'purarlari ro'yxatida Platiniga etib olish maqsadini qo'ydim, biroq eng asosiysi - milliy jamoa muvaffaqiyati. Jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo'lish uchun gol urishim lozim" - deydi Jiru.
Olive Jiru "uchranglilar" safida 35ta gol urishga erishdi. Franciya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar Terri Anri (51ta gol). Keyingi o'rin Mishel Platiniga (41ta gol) tegishli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar