Ji Dong Von: "O'zbekiston bilan bahsdan keyin afsuslanishni istamayman"
10 noy 2016 12:10
Yangiliklar


Ji Dong Von: "O'zbekiston bilan bahsdan keyin afsuslanishni istamayman"
Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvidan oldin mezbonlar vakili Ji Dong Von o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Eronga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng, o'z klubim bo'lgan "Augsburg"ga qatgach juda ko'p afsuslandim. O'zbekiston bilan bahsdan keyin bunday bo'lmasligini istayman.
Biz Eron himoyasiga qarshi qanotlardan hujum qila olmadik. O'zbekiston bilan o'yinda esa aynan qanotlardan uyushtiriladigan hujumlar bizga foyda keltirishiga umid qilaman. Bizda hujum chizig'ida o'ynay oladigan ko'plab qobiliyatli futbolchilar bor. Men o'z shaxsiy ko'rsatkichlar emas jamoaviy yutuq haqida ko'proq qayg'uraman", - deydi Ji Dong Von Yonhap axborot agentligiga.
O’xshash yangiliklar
00:43
O'zbekiston U23 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda GALEREYA 0

Fikrlar