Jezusning jarohati Aleksis Sanchesning "Manchester Siti"ga o'tishiga yordam berishi mumkin
04 jan 2018 11:56
Yangiliklar
Jezusning jarohati Aleksis Sanchesning "Manchester Siti"ga o'tishiga yordam berishi mumkin
"Marca" nashrining xabar berishicha, "Manchester Siti"ning braziliyalik forvardi Gabriel Jezusning jarohati "shaharliklar" rahbariyati va murabbiylarini "Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanchesni sotib olish kerakligiga turtki berishi mumkin.
Avvaliga, Xosep Gvardiola "kanonirlar" yozda shartnomasi tugaydigan o'yinchi uchun juda ko'p so'rashmoqda deb ushbu transferni rad etgan edi. Lekin, oxirgi o'yinlardan birida "shaharliklar" forvardi Gabriel Jezus tizzasidan jiddiy jarohat oldi va taxminan 2 oyni o'tkazib yuborishi mumkin. SHuningdek, "Siti"ning ikkinchi hujumchisi Serxio Aguero ham engil jarohat olgan. Bunday holatda Angliya chempionati lideri Sanches uchun talab qilinayotgan 25 million funt sterlingni "Arsenal"ga o'tkazib berishi mumkin.
Fikrlar