So’nggi yangiliklar

13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  15 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7

Jezualdu Ferreyra: "Al Sadd"ning o'yin falsafasi juda oddiy - raqibdan ko'ra ko'proq gol urish" Yangiliklar

Jezualdu Ferreyra: "Al Sadd"ning o'yin falsafasi juda oddiy - raqibdan ko'ra ko'proq gol urish"

OCHL 3-tur doirasidagi "Nasaf" - "Al Sadd" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar ustozi Jezualdu Ferreyra hamda futbolchi ishtirok etdi.

- OCHLda ishtirok etayotganimizdan benihoyatda xursandmiz. Qarshi shahri va stadiondagi maydon holati bizga manzur keldi. Ertaga jamoalar muxlislarbop va qiziqarli uchrashuv bo'lishiga shaxsan menda shubha yo'q. "Al Sadd" "Nasaf"ga qarshi o'yinga jiddiy hozirlik ko'rdi va biz bu bahsga to'liq tayyor holatdamiz", deya gap boshladi "Al Sadd" bosh murabbiyi Jezualdu Ferreyra.


- Xavi jarohati sabab Qarshiga kela olmadi. Bu futbol va futbolda jarohatlar uchrab turadi. Ertaga biz qo'l ostimizdagi eng kuchli 11talikni boshlang'ich tarkibga kiritamiz. Jamoamiz faqatgina Xavidan iborat emasliga ertaga guvoh bo'lasizlar.

- CHempionatdagi principial qarama-qarshilikda alamli tarzda "Al Duxail"ga yutqazib qo'ydik. Bizni yaqin ikki hafta ichida juda zich taqvim kutmoqda. Jamoamiz oldiga doimo har ikkala musobaqada, yani chempionat va OCHLda eng yuqori maqsadlar qo'yiladi. To'g'ri, chempionlik to'qnashuvida imkoniyat boy berildi. Va bu tabiiyki OCHLga yanada jiddiyroq etibor qaratishimizni anglatadi. Garchi o'tgan o'yinda alamli mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda jamoaning ruhiy tomonlama tayyorgarligi ancha yaxshi. Bizning bor etiborimiz "Nasaf"ga qarshi bahsga qaratilgan.

Jamoamizning falsafasi hech qachon o'zgarmaydi va bu juda oddiy. Biz doimo maydonga tushganda raqibdan ko'ra ko'proq gol urishni eng katta vazifa qilib chiqamiz.
Guruh favoriti kim? Ayni paytda "kvartet"da kuchli jamoalar yig'ilishgan va raqobat ancha yuqori. Biz uchun OCHL musobaqasi begona emas va biz bu kabi turnirda qanday ishtirok etishni juda yaxshi bilamiz. Ammo hozirgacha qo'lga kiritilgan 6 ochko bizni favorit deb hisoblash uchun etarli emas. Hali barcha kurash oldinda. Biz dastlabki ikkita g'alabadan havolanib ketmasligimiz lozim. "Nasaf"dan ham jiddiy xavf kutish mumkin. Ularda ichki chempionat start oldi va bundan buyog'iga jamoa o'yin amaliyotini oshirib boradi. Bu esa ularni yanada kuchliroq qiyofaga kirishiga ko'maklashadi, chamamda.

"Al Sadd" futbolchisi Jugurta Hamro: - Ertaga qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'yin bo'lishiga shubha yo'q. OCHLdagi safar uchrashuvlari doimo o'ta qiyin bo'ladi. Buni biz juda yaxshi tushunib turibmiz. Ammo shunga qaramay biz "Nasaf"ga qarshi bellashuvga tayyormiz. O'zbek futboli haqida afsuski tasavvurga ega emasman. Yagona bilganim, ushbu mamlakatda Sardor Rashidov singari futbolchi to'p tepadi. Uning Qatar chempionatidagi o'yinlarini kuzatganman.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика