Jerrard Trentning "Real"ga ketishi haqida: "Men bunday qilmagan bo'lardim. Nimalar qilayapsan o'zi?"
08 okt 2025 13:26
Yangiliklar
Jerrard Trentning "Real"ga ketishi haqida: "Men bunday qilmagan bo'lardim. Nimalar qilayapsan o'zi?"
"Uning o'rnida bo'lganimda bunday qilmasdm. U juda katta tavakkalga qo'l urdi deb o'ylayman. Trent ajoyib futbolchi, iqtidorli, men ko'rgan eng yaxshi pas beradigan o'yinchilardan biri. U Bekxem va Skoulz bilan bir darajada, bu borada shubha yo'q.
Ammo u o'zining eng yaxshi yillarida "Liverpul"ni tark etib tavakkal qildi, jamoa unga yangi shartnoma taklif qilayotgan edi. Trentning rejalari amalga oshadi degan umiddaman, chunki men bu yigitni haqiqatdan ham yaxshi ko'raman.
Uning nega bunday qaror qabul qilganini tushuna olaman — "Real"da Trentning eng yaqin do'sti [Jud Bellingem] o'ynaydi. Balki u o'zini sinab ko'rishni xohlagandir. Axir u "Liverpul" bilan hamma sovrinni yutgan. Shu tomonlama men uni tushunaman.
Biroq agar bu qarorga "Liverpul" muxlisi nuqtai nazaridan qarasam — nima qilayapsan o'zi? Sen Evropaning eng kuchli jamoalaridan birida eding, men hali ham orzu qiladigan evrokuboklarni yutgansan. Sen asosiy futbolchilardan bir eding. Muxlislar seni jon-dilidan sevardi. Nima qilayapsan? Lekin men buni muxlis sifatida aytayapman", — dedi "Liverpul" sobiq sardori Rio Ferdinandga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar