So’nggi yangiliklar

14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  3 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  3 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  14 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  10 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   29 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  19 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3

Jenk Tosun, Burak Yilmaz va CHalxanoglu bugun o'ynamaydimi? SHenol Gunesh ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Jenk Tosun, Burak Yilmaz va CHalxanoglu bugun o'ynamaydimi? SHenol Gunesh ishtirokidagi matbuot anjumani

Bugun Turkiya va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'zaro xalqaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi.

Kecha uchrashuvdan Ektor Kuper va Temurxo'ja Abduxoliqov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tgani haqida xabar berib o'tgan edik. Turkiya terma jamoasi murabbiyi va futbolchisi qatnashgan anjuman esa kechqurun Belekdagi "Regnum Carya Golf & Spa Resort" mehmonxonasida tashkillashtirildi. Unda bosh murabbiy SHenol Gunesh va terma jamoa azosi Merih Demiral ishtirok etdi.


Malumot uchun Turkiya va O'zbekiston terma jamoalari o'zaro ilk bor to'qnash kelishadi. O'z navbatida Turkiya milliy terma jamoasi birinchi marta Alanyadagi "Alanya stedium"da to'p tepadi. Demak, maxalliy muxlislar orasida uchrashuvga qiziqish katta bo'ladi. Har holda yana qachon bosh jamoa bu stadionda o'z o'yinini o'tkazadi nomalum.

"Biz ajoyib o'yin kutayapmiz, albatta biz g'alaba qozonishni xohlaymiz", - deb gap boshladi SHenol Gunesh.


"Men ushbu o'yinga 100% imkoniyatimizni berishimizni xohlayman. O'yinda faqatgina o'yinchilarning darajasi yutishini istamaymiz. Qandaydir etishmovchilik yoki xatolar bo'lishi mumkin.

Biz o'zbeklar bilan begona emasmiz, biz qardosh xalqlarmiz va do'stona munosabatdamiz. O'zbekistonga qarshi Jenk Tosun va Ozan Kabak o'ynamaydi. Hasan Ali, Mahmut Tekdemir va Okay Yokushlu soppa-sog' deyolmayman. Burak Yilmaz va Hoqon CHalxanoglu ham tarkibda bo'lmaydi. Yosh Abdulqodir Omur tayyor bo'lsa o'ynashi mumkin, Emre Belezog'lu ham o'ynashi mumkin. Men maydonda ko'proq yuguradigan o'yinchilarni tushiraman, bu biz xohlayotgan mavzu."


O'z navbatida Melih Demiral ham fikrlarini bildirib o'tdi: "Men Franciyaga qarshi o'yindan oldin Grizmann, Mbappe, Jirularning o'yinini kuzatib chiqib taxminiy tayyorgarlik uchun xulosaga kelishim mumkin. Bu biz uchun juda muhim bahs va umid qilaman biz unda ijobiy natijaga erisha olamiz. Ertaga esa (matbuot anjumani kecha kechqurun o'tkazilgan) bizda oldindagi ikki o'yinga tayyorlanib olish uchun bellashuv bo'ladi. Yaxshi imtixon. Biz Franciya va Islandiyaga qarshi uchrashuvlardan oldin eng yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lishni xohlaymiz".


Kecha Turkiya terma jamoasi SHenol Guneshning tug'ilgan kuni edi. Tajribali mutaxassis 67 yoshni qarshi oldi. Kechagi matbuot anjumanidan keyin maxalliy jurnalistlar Guneshga maxsus tort sovg'a qilishdi. Murabbiy shirinlikni kesib yig'ilganlarga tarqatdi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика