Jelson Martinsh 6 oyga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
02 fev 2020 23:03
Yangiliklar
Jelson Martinsh 6 oyga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
"Monako" yarim himoyachisi Jelson Martinsh yaqin yarim yilni maydon tashqarisida o'tkazishi mumkin.
Martinsh Franciya chempionati 22-turi doirasidagi "Nim" klubiga qarshi uchrashuv mobaynida jamoadoshi Temue Bakayoko maydondan chetlatilgach, bosh hakam Mikael Lesajga nisbatan qo'pol muomalada bo'ldi va qizil kartochka bilan jazolandi. Portugalik futbolchi maydonni tark etishdan avval ham hakamni itarib yubordi.
"Get French Football News" xabariga ko'ra, 24 yoshli yarim himoyachi nomaqbul xatti-harakatlari uchun 8 o'yindan 6 oygacha bo'lgan muddatga chetlatilishi mumkin. Bu masala borasidagi yakuniy qaror chorshanba kuni qabul qilinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar