So’nggi yangiliklar

01:36"Челси" 2023/24 мавсумни 129,6 миллион фунт фойда билан якунлади. Бир йил аввал клуб 90,1 миллион фунт зарар кўрган эди  0 00:32Холанд учун мавсум якунланди  2 00:15Руни 2010 йилда "Реал"нинг қизиқиши ҳақида: "Мен Месси, Иньеста, Хави билан "Барса" ҳақида кўпроқ ўйлардим"  2 00:06РПЛ. "Акрон" "Ростов"га ютқазди, Эсанов захирада қолди  0 22:07Норвегия клуби дарвозабони ўйиннинг энг яхши футболчиси деб топилди ва уйига 4 "флейка" тухум билан қайтди  14 21:27Руни кўчада ҳожатини чиқаргани учун жаримага тортилиши мумкин  17 20:53U21 биринчилиги. "Бунёдкор"дан 7та гол, "Пахтакор"дан мағлубият, "Қўқон-1912"дан яна камбэк ва бошқа натижалар  0 19:51"Манчестер Сити" мухлислари чипта сиёсатига қарши норозилик намойиши уюштирмоқчи  4 19:25"Ливерпуль" Италия терма жамоаси ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  7 19:00Transfermarkt ва Championat.asia Ўзбекистон Суперлигасининг март ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  10 18:50"Футбол олами". "Пахтакор"да яна мағлубият, Жиззахда сенсация, "Нефтчи"да яна дуранг  5 18:20Саудия Арабистони клублари Винисиусга Роналдуникидек шартнома таклиф қилмоқда  4 17:59"Милан" ярим ҳимоячиси касалхонага ётқизилди  0 17:35"Тоттенхэм" "Манчестер Сити" тажрибали футболчисини сотиб олмоқчи  4 17:06"Челси" юлдузига айланган МЮ мухлиси!  1

JCH saralashining 7-tur yakunlari. Yaponiya vazifani bajardi, Eron, O'zbekiston va Janubiy Koreya mundialga yaqin Yangiliklar

JCH saralashining 7-tur yakunlari. Yaponiya vazifani bajardi, Eron, O'zbekiston va Janubiy Koreya mundialga yaqin

Kecha, 20 mart kuni qitamiz bo'ylab JCH saralash bosqichining uchinchi raund 7-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

7-tur yakunlariga ko'ra, o'z maydonida g'alaba qozongan Yaponiya terma jamoasi butun dunyo jamoalari orasida birinchi bo'lib JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 


"A" guruhi natijalari va keyingi o'yinlar

O'zbekiston - Qirg'iziston 1:0

Eron - BAA 2:0

Qatar - KXDR 5:1

Bizning guruhdagi har uchala o'yinda kutilganidek mezbonlar g'alabaga erishdi. Terma jamoamiz qiyinchilik bilan g'alaba g'ozonib, o'z hisobiga muhim uch ochkoni yozib qo'ydi. BAAning mag'lub bo'lishi ham bizga qo'l keldi va endilikda ochkolar farqi 6taga etdi. Lekin baribir xotirjam bo'lish kerak emas, chunki oldinda yana uchta tur bor va buyog'iga faqat qiyin o'yinlar qoldi. 



G'alenoi g'alabani Beyranvandga bag'ishladi

Eron o'z maydonida BAAni qabul qilib 2:0 hisobida zafar quchdi. O'yindan keyingi matbuot  anjumanida Eron terma jamasi bosh murabbiyi Amir G'alenoi shunday dedi: 

"G'alaba uchun xursandmiz va bemalol bu g'alabani darvozabonimiz Alirizo Beyranvandga bag'ishlasak bo'ladi. Chunki uning mohir seyvlari tufayli to'p darvozamizga kirmadi. Bizda juda yaxshi jamoa bor va bu jamoa bilan bemalol o'z maqsadimizga erisha olamiz".


Paulu Bentu shogirdlarini tanqid qilmadi

Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, BAA terma jamoasi ustozi o'z shogirdlari haqida iliq fikrlar bildirdi:

"Birinchi taymni zo'r o'tkazdik, lekin to'pga ko'proq Eron egalik qildi. O'ylashimcha, ikkinchi taymda ham chiroyli harakat qildik. Shogirdlarimni tanqid qilmoqchi emasman, hamma bor kuchi bilan o'ynadi. Faqat mahorat bobida Eron ustunlik qildi. Endi KXDR bilan o'yinni o'ylaymiz".

Guruhning uchinchi bahsida Qatar KXDRni yirik hisobda mag'lub etib, o'z ochkolarini 10 taga etkazib oldi. Shunday qilib, BAA bilan Qatarning ochkolari bir xil 10 tadan bo'ldi.


8-tur uchrashuvlari. 25 mart

Qirg'iziston - Qatar

Eron - O'zbekiston

KXDR - BAA



"B" guruhi natijalari va keyingi o'yinlar

Janubiy Koreya - Ummon 1:1

Iroq - Kuvayt 2:2

Ioradniya - Falastin 3:1

Janubiy Koreyaning o'z maydonida durang o'ynashi tur sensaciyasi bo'ldi. Shunga qaramay, koreyaliklar hamon peshqadam bo'lib qolmoqda va katta ehtimol bu jamoa guruhdan birinchi o'rin bilan Jahon chempionatiga yo'l oladi.

Iroqning Basra shahrida kechgan Iroq - Quvayt bahsida 2:2 qayd etildi. Bu o'yinni 63 ming atrofida muxlis kuzatib bordi. O'yinda kuvaytliklar 2:0 hisobida oldinda borayotgandi, ammo Iroq terma jamoasi futbolchilari 90+3 va 90+11-daqiqada gol urib, mag'lubiyatni durangga aylantirishdi. Shundan so'ng maydonda tortishuv va janjalli holat yuzaga keldi. Bosh hakam esa kuvaytlik futbolchini chetlatdi.

Guruhning uchinchi o'yinida Iordaniya Falastin darvozasiga 3 ta gol urib zafar quchdi. Guruhdagi vaziyatga qarasak, to'rtta jamoa ikkita yo'llanma uchun kurashmoqda. Hatto Kuvaytda ham imkoniyat bor deya olamiz. Bu guruhda kurash oxirgi turgacha kechishini taxmin qilish qiyin emas.


8-tur uchrashuvlari. 25 mart

Janubiy Koreya - Iordaniya

Falastin - Iroq

Quvayt - Ummon


C guruhi natijalari va keyingi o'yinlar

Avstraliya - Indoneziya 5:1

Yaponiya - Bahrayn 2:0

Saudiya Arabistoni - Xitoy 1:0

Indoneziya ustidan qo'lga kiritilgan yirik g'alaba Avstraliyaga ikkinchi uch ochkoni taqdim etdi. Bu jamoa saralashni yaxshi boshlay olmadi, to'rt marta durang o'ynadi, lekin hozir ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Yaponiya terma jamoasi Bahrayndan ustun kelib, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Samuraylar"ning guruh o'yinlarini peshqadam sifatida tugatishi malum edi. Guruh o'yinlari tugashiga uchta tur qolganida Yaponiya vazifani bajardi.

Xitoyni kichik hisobda mag'lub etgan Saudiya Arabistoni guruhda uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Endilikda Avstraliya va Saudiya Arabistoni ikkinchi o'rin uchun kurash olib boradi. Nazarimizda, Indoneziya kurashdan chiqdi, chunki jamoa yaxshi ketayotgan bir paytda murabbiy o'zgardi va shu bilan hammasi o'zgarib ketdi. 


8-tur uchrashuvlari. 25 mart

Yaponiya - Saudiya Arabistoni

Xitoy - Avstraliya

Indoneziya Bahrayn


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +12   

Fikrlar

+6   
21 mar 14:46:04
Shohruhbek777
FOJIYA YASAMANGLAR SHU 16 OCHKO BAA BIZDA 10 OCHKO BUGANDA NIMA QILEDELA AYTELA SHKUR QILISHNIYAM BILAYLIK AHIR
+4   
21 mar 14:42:55
TuronQo‘qonNeftchi
Birinchi navbatda olg‘a O‘zbekiston! Keyin olg‘a KHDR, olg‘a Qirg‘iz og‘alar!!!
+3   
21 mar 15:35:21
Soccerland777
БАА ҚХДРни енгса, Ўзбекистон Эронга ютқазса, ана томошаю мана томоша. БАА Ўзбекистон ўйини бўлади. Унда араблар 1:0 ютсаям, тўплар нисбати бўйича 3 чи ўринга равона бўламиз. Шундай бўлмайди деб ким кафолат беради. Ундан кейин биз Қатар БАА эса қирғизлар билан ўйнайди....
+3   
21 mar 15:19:11
Абдушукур Каримов
Бу сафар хам Узбекистонни охирги паллада ЖЧ дан колдиб кетиш имконияти афсус жуда катта. Эрон бундай Узбекистонни уз уйида сидириб чикаради ва ЖЧ масаласини хал кидали. БАА эса КНДР ни ва 9-турда уз уйида бундай Узбекистонга имкон колирмайди, ва туплар нисбатига кура олдинга чикиб олади. Охирги труда эса бизданам анча кучсиз булган Киргизни ютиш учун бор имкониятини ишга солади, керак булса рад этиб болмас даражадаги пулга сотиб олади...
+3   
21 mar 15:00:05
futboluzb
У́збекистонни кечаги у́йини бу́лса чиколмайди чунки У́збекистонни колган барча ракиблари кучли хаммасида жч чикишга имконият бор
+3   
21 mar 14:59:04
bekaka
Охирги 3та тур Узбекистон учун жуда кийин экан
БААга эса ракиблар осонрок экан
+3   
21 mar 14:50:39
Sahoyat Reise
БАА билан Қатар биздан қийин ахволда: улар умуман қоқилмаслиги керак, биттаси қоқилса, иккинчиси анча узоқлашади хамда бизни қоқилишимизни кутади. Олдин шунақа ахволда биз булганмиз.
Биз, мухлислар, лекин узуимиз учун аниқлаб олишимиз керак: бизга натижа мухимроқми ёки ютқазиб юрсак хам, чиройли уйнадик, деб кукракка уриб юришимизми?
+3   
21 mar 14:31:23
Betarofff
Assalamu Alaykum hammaga. Kechagi o'yin uchun hammaga rahmat. Judayam yaxshi o'ynashdi. Imkoniyatni yetarlikcha yaratishdi. Oson o'yinlar yo'q buyog'iga. Negative bulmaymiz. Undan ko'ra omad tilash kerak. Shunchaki to'p darvozaga kirmadi. Fojia yasamanglar.
+2   
21 mar 20:11:51
Адхамжон Низамов
Математикани йигиштириб,омад тиланглар,эй инсонлар.Унга ютказамиз,бу билан дуранг уйнаймиз,Эрон 4 та солади дейиш билмадим Узбекистон фукароси учун .Буни урнига улуг кунларда МТЖ мизга омад тиланглар.
+2   
21 mar 16:12:34
No war
,Хаqiqiy Kazim. foydalanuvchining fikriga javob berish
Харпсанда чумо хД
Сан узини оиласига харом едирадиган бандасан
+2   
21 mar 15:46:32
No war
,Хаqiqiy Kazim. foydalanuvchining fikriga javob berish
Сенам бормисан шуларни ичида
Ман именно сандан 500.000 мингга билет сотволдим
+1   
22 mar 10:02:29
Elmurod Ahmadaliyev
Faraz qiling Ispaniya, Germaniya, Italiya, Angilya terma jamolari bilan oʻynasak. 90 minit himoyada yaxshi oʻynashimiz, hujumchilarimizam himoyada yordam berishini quloqlariga quyib maydonga chiqarsak, natijani qanday taxlil qilasiz? Kamroq goʻl oʻtkazib sharmandali natijadan max qutilib qolish. Kechirasiz bu fudbolmas, boʻks qopi.
Bordiyu hujumlar qilib, driblinglar qilib, yoyilib jamoaviy oʻyinlar qilib olinga - ortga, oʻnga-chapga hullas ham hujum qilaylik ham raqibni koʻp kuch rarflashiga majbur qilaylik degan prinspda oʻynayversak. Goʻllar ursak oʻyinchilar ( Hujumchilar, yarimhimoyachilar ) iqtirorlari ochilib koʻproq oʻyinchilar TOP chempionat va jamoalarga borib qoʻshiladi. Himoyadayam yegʻilib olib himoyachi va darvozabonga halaqit qilish oʻrniga qarshi hujumlarda yoki shunga oʻxshash vaziyatlarda himoyachilarimiz ham birga-bir vaziyatlarda raqiblarni bombardirchilarini yeb qoʻyishsa ana oʻziga boʻgan ishonch, ana jamoa bir biriga boʻlgan ichonch va tushinib oʻynash. Ana Top jamolar nazariga tushish.
SHAXSAN MAN KIM SHUNDAY USLUBDOʻ OʻYNASA SHUNGA BALET QILAMAN. ASIMNI, SOGʻLIGIMNI AFTOBUSGA QOʻYISHNI ISTAMIMAN.
Hozirgi Murabbiyimizi Mirjalol Qosimovni Oʻz ekiston MTJ siga oʻxshatyapman. Oʻz pazitsyasiga ega jamoa qurishga urinyapti, Lekin umid qilamanki Qosimov boshiga tushgan qiyinchilik va karrupsiya bugun Kapadzega tushmaydi.
Yana bir gap man Hayrulla Hamidov akamizni sharxlarini juda yaxshi koʻrib kuzataman. Ijodizga omad akam. Doyim ochiq fikrlayvirin, sohta fikr va maqtovlardan zerikib ketganmiz biz. Hammaga omad
+1   
21 mar 21:17:09
Xan
хозирги урнимизга ва жамғарган очколаримизга ишониб туйдан олдин ноғара чалманглар,бизни олдинда ута қийин ва мухим уйинлар кутиб турибди,мана шу уйинлар бизни хавотирга солмоқда,кечаги уйинимизни куриб хавотиримиз янада кучайди,бир пайтлар биз грухда карвонбошилик қилиб хам якунда туплар нисбати буйича яни 1-2 та гол етмай ЖЧдан қолиб кетганларимизи унитманглар,халқимизда яхши бир нақл бор,бугинги кунни эмас эртанги кунни уйлаганлар яхши яшайди дейишади,так что бугинги жадвалдаги урнимизга алданиб хаммаси яхши булади деб алданиб қолманглар демоқчиман,кейинги уйинларга қатиқ таёрланиш керак,керак булса чет элдан вериминей мурабий ёллаб булсаям уйинииизи тартибга солиб олишимиз керак,футболчиларимиз уз имкониятидан хам кучлироқ уйнаса ЖЧга чиқамиз,э хаммаси зур Қиргизни 1-0 га ютдек зур уйнадек деб камчиликларимизга куз юмиб ура ура қилиб юрсак Эрони гапирмайман керак булса БАА хам Қатарам бизни қоқиб кетади
+1   
21 mar 20:30:38
Sherabod Donyorov
БАА ва Катар билан дуранг уйнаб 2 очко олсак хам етади
+1   
21 mar 18:30:48
Mavr
Хуллас 4 очко олсак булди кандай булмасин чикамиз экан
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика