So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

JCH saralash hamda O'zbekiston kuboklarining ilk tarixiy gollari muallifi bugun 49 yoshga to'ldi Yangiliklar

JCH saralash hamda O'zbekiston kuboklarining ilk tarixiy gollari muallifi bugun 49 yoshga to'ldi

Bugungi sanada o'z tavallud ayyomini nishonlayotgan futbol ahlini hayotlaridagi unutilmas kun bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun futbolchilik faoliyatida aytishga arzigulik muvaffaqiyatlarga erishgan, terma jamoamizning JCH saralash bosqichlaridagi ilk tarixiy goli muallifi, hozirda murabbiy sifatida ishlayotgan No'mon Hasanovning tug'ilgan kuni.

Bugun No'mon Nurmatovich 49 yoshga to'ldi. Qo'qon futboli tarbiyalanuvchisi bir necha bor mamlakat chempioni, O'zbekiston kubogi sohibi bo'ldi. Legioner sifatida Qozonning "Rubin" klubida to'p tepdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qilgan.  

Qizig'i shundaki, O'zbekiston kubogi tarixidagi ilk gol ham No'mon Hasanov tomonidan kiritilgan ekan. Bugungi qahramonimiz butsalarini mixga ilganidan so'ng murabbiylik faoliyatini boshladi. "Paxtakor", "Qo'qon-1912" kabi jamoalarda ishladi.


No'mon HASANOV

Tug'ilgan sanasi: 10.02.1971

O'ynagan jamoalari:

1989-1990 "Avtomobilist" 34 (6)

1990 "Sohibkor" 7 (0)

1990-1993 "Paxtakor" 85 (25)

1995-1997 MHSK 101 (54)

1998 "Rubin" 8 (0)

1998 "Avtomobilist" 16 (2)

1999-2000 "Do'stlik" 47 (15)

2001-2002 "Nasaf" 36 (11)

2002-2003 "Do'stlik" 21 (0)

2003 "Qo'qon-1912" 12 (3)

2004-2005 "Traktor" 43 (13)

2006-2007 "SHo'rtan" 42 (5)

2007 "Traktor" 12 (2)

2008 "So'g'diyona" 17 (1)

2009 "Lokomotiv" 14 (0)

O'zbekiston terma jamoasida 23 uchrashuvda 4 to'p kiritgan.


SHu o'rinda etiboringizga No'mon Hasanovning futbol haqidagi falsafiy fikrlarini taqdim etamiz.


– Murabbiy o'yin “sxemasi”ni o'zida mavjud futbolchilarga qarab tuza olmaydi. Bu jihat bemazmun va kelajaksizdir. Taraqqiyot esa, murabbiy o'yin modelini  oldindan tasavvur qilib, shunga yarasha ijrochilarni tanlaganidagina bo'ladi.

– O'yin yoddan chiqadi, natijasi esa abadiy qoladi. Futbolning bor mazmuni natijadadir.

– Murabbiy butun umri davomida o'qishi – izlanishi lozim. Kim o'rganmay qo'ydimi – u murabbiy emas. Vaqtni aldab bo'lmaydi

– Murabbiylik o'yinchi bo'lishdan ko'ra qiyinroq. Maydonda sen to'pni boshqarasan, maydon chetida esa insonlarni boshqarishga to'g'ri keladi.

– Futbol rivojlanishiga muxlislar “yulduz” deb ataydigan o'yinchilar katta zarar etkazadi. Ular mashg'ulotlarda yanada kuchliroq bo'lish uchun shug'ullanish o'rniga  o'z iqtidorlarini ekspluataciya qiladilar.

– Men – murabbiyman. Bu kasb – hayotim mazmunidir.

– Men o'z kasbimni sevaman. Men uchun uni yanada chuqurroq egallash yo'lida izlanish kelajakda qaysi jamoani boshqarish xususida bosh qotirishdan ko'ra maroqliroq.

– Mavjud to'siqlarni bartaraf etish uchun bugungi jamiyatimizga nafaqat muammoni to'liq his etish, balki sog'lom fikrlash ham etishmaydi. Yani, g'oliblarga xos fikrlash. Uni shakllantirish uchun g'alaba sari eltadigan yo'lni topish kerak. Futbolchilardagi g'oliblik ruhi natijalarda emas, ularning fikrlashi va munoabatlarida aks etadi. Uni shakllantirish – qisqa vaqt ichidagi yumush emas. U uzoq va mashaqqatli mehnat evaziga yuzaga keladi.

– Doimo xolislikka intilaman.

– Murabbiylik kasbi juda murakkab. Qoidaga ko'ra doimo biz aybdormiz.

– Menga hech qachon murabbiylar aziyat chekmaydilar, deb aytmang. Faqat ishlamaydigan odamgina aziyat chekishdan xoli bo'lishi mumkin.

– Mashg'ulotlarim shogirdlarimga yoqishini istayman. Klubning barcha azolari, muxlislar mehnatim mevasini ko'ra olsalar, o'zimni baxtiyor his etaman. Mashg'ulotlar jarayoniga hech kimning befarq emasligi menga yoqadi.

– Doimo jamoam kuchli bo'lishini istayman: mustahkam himoya qo'rg'oni va tezkor qarshi hujum. To'pning harakati qanchalik tez bo'lsa, undan shunchalik ko'p zavq olaman.

– Ochkolarni qo'lga kiritish – jarohatlarga qarshi eng samarali dori.

– Muvaffaqiyat doimo bizning boshimiz va qalbimizda bo'lishi darkor.

– Iqtidor – mehnatsevarlik va tirishqoqlik mahsuli. Bu borada muntazam izlanmaslik hech narsaga olib kelmaydi.

– Orzuga ayb yo'q. Bu har bir kishi uchun muhim jihat. Lekin har doim imkoniyatga xolis baho berish kerak.

– Murabbiy echinish xonasining nozik jihatlarini aniq his etishi shart. Agar u shogirdlariga ortiqcha erkinlik berib qo'ysa, ular oldidagi nufuziga putur etishi mumkin.

– Murabbiy hech qachon tushkunlik holatiga tushmasligi lozim. Uchrashuv arafasida mag'lubiyat haqida o'ylagan jamoa hali o'ynamay turib uni boy bergan bo'ladi.

– O'yin uslubi har qanday taktika va tarkib tanlashdan ko'ra muhimroqdir.

– Tirishqoq va o'ziga ishongan futbolchi har qanday raqibdan ustun kela oladi.

– G'alaba – ulkan shodu xurramlik. Ammo uni qay tariqa qo'lga kiritilgani ham muhim ahamiyatga ega. Biz o'z muxlislarimizga chinakam spektaklni taqdim etishimiz lozim. CHunki sermazmun o'yin har qanday kishini o'ziga rom etadi. Bu esa muhitga ijobiy tasir etadi.

– Men jamoaviy o'yin tarafdoriman. O'z shogirdlarimni asosiy va zaxira o'yinchilariga ajratmayman. Jamoa bilan ishlashni xush ko'raman, alohida futbolchilar bilan emas.

– Men uchun eng quvonarli hol – kamolotga erishayotgan futbolchilar va rivojlanib borayotgan jamoani ko'rish.

– Har bir lahza, har bir qadam, har  bir golning  qadriga etaman. Muvaffaqiyatning garovi aynan shunda. SHu paytgacha menga bergan va hamon berishda davom etayotgan baxtli daqiqalar uchun futboldan bir umrga minnatdorman.

– Futbol sustkashlikni yoqtirmaydi. CHunki natija doimo muhim.


Fursatdan foydalanib, No'mon Hasanovni yana bir yoshga ulg'aygani bilan tabriklaymiz. U kishiga sihat-salomatlik, yangi mavsumda omad tilaymiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика