JCH-2026 saralashi. Janubiy Koreya o'z uyida Iordaniyani enga olmadi
25 mar 15:39
Yangiliklar


JCH-2026 saralashi. Janubiy Koreya o'z uyida Iordaniyani enga olmadi
Tezkor gol urib, hisobda oldinga chiqib olganiga qaramay, Janubiy Koreya terma jamoasi g'alabani saqlab qola olmadi. 5-daqiqadagi Li Je Sonning goliga mehmonlar 30-daqiqada Mahmud al Mardining aniq zarbasi bilan javob berishdi.
Natijada, "B" guruhi etakchilari o'z o'rnida qoldi. Ushbu durangdan keyin 16 ochko jamg'argan koreyslar etakchi, ikkinchi o'rindagi Iordaniya hisobida 13 ochko bor.
Ayni daqiqaga kelib, jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurdi.
JCH-2026 3-saralash bosqichi, 8-tur
Janubiy Koreya - Iordaniya 1:1
Gollar: 5' Li Je Son (Son Xyon Min) - Mahmud al Mardi 30'
Janubiy Koreya - 21.Cho Xyonu, 3.Li Tae-Syok, 6.Xvan In Bom, 7.Son Xyon Min, (c) 8.Pak Yon-U, 10.Li Je Son, 11.Xvan Xi Chan, 14.Cho YU-min, 19.Li Don Gyon, 20.Kvon Kyun Von, 22.Sol Yon Vu.
Iordaniya - 1.Yazid Abu Layla, 3.Abdalla Nasib, 5.Yazan Alarab, 16.Muhammad Abualnadi, 23.Exson Xaddad (c) 21.Amir Jamus, 8.Nizar Al Rashdan, 20.Moxannad Abu Taxa, 10.Mussa Tamari, 11.Yazan Al Naymat, 13.Mahmud Al Mardi.

Fikrlar