JCH-2026 saralashi. O'zbekiston bir kishi kam bo'lib qolgan Qirg'iz Respublikasini minimal hisobda engdi
20 mar 23:01
Yangiliklar


JCH-2026 saralashi. O'zbekiston bir kishi kam bo'lib qolgan Qirg'iz Respublikasini minimal hisobda engdi
O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi 1:0
20.03.2025. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni. 21:00. 32458 nafar tomoshabin
Hakamlar: Yusuke Araki, Jun Mixara, Kota Vatanabe, Ryo Tanimoto (barchasi Yaponiya)
VAR: Iida Jumpei (Yaponiya)
AVAR: Xiroki Kasaxara (Yaponiya).
Gol: 1:0 – 40, Hojiakbar Alijonov (Abbos Fayzullaev).
O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov (19.Zafarmurod Abdirahmatov, 88), 4.Farrux Sayfiev (23.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 57), 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov (11.Ruslanbek Jiyanov, 78), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (6.Akmal Mozgovoy, 88), 14.Eldor Shomurodov (s), 18.Abdulla Abdullaev, 22.Abbosbek Fayzullaev.
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 8.Jamshid Iskanderov, 13.G'olib G'aybullaev, 15.Dilshod Komilov, 17.Bobir Abdixoliqov, 20.Hojimat Erkinov, 21.Abdurauf Bo'riev.
Qirg'iz Respublikasi: 1.Erjan Tokotaev, 2.Valeriy Kichin (s), 3.Tamirlan Kozubaev, 4.Said Daciev, 7.Joel Kojo (18.Qayrat Jirgalbek Uulu, 57), 8.Eldiar Zaripbekov (11.Kimi Merk, 90), 12.Odil Abdurahmonov, 14.Aleksandr Mishchenko, 20.Adilet Kanibekov (6.Kristian Brauzman, 46), 21.Kay Merk (5.Arslan Bekberdinov, 79), 23.Erbol Atabaev (10.Guljigit Aliqulov, 46).
Zaxira: 13.Artyom Pryadkin, 16.Kurmanbek Nurlanbekov, 9.Atai Jumashev, 15.Amantur Shamurzaev, 17.Ulanbek Sulaymanov, 19.Arlen Sharshenbekov, 22.Amir Japarov.
Ogohlantirishlar: Odil Abdurahmonov (10), Abbos Fayzullaev (32), Jaloliddin Masharipov (56), Ruslan Jiyanov (90+2)
Chetlatish: Said Daciev (24)
Gol urilmagan penalti: Eldor Shomurodov (25, darvozabon)
MATNLI TRANSLYACIYA
O'yin yakunlandi.
90+2. Raqibning to'pni o'yinga kiritishiga xalaqit bergani uchun Jiyanov ogohlantirildi.
90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shildi.
88. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.
84. Abdullaev raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasini Tokotaev aytardi. Bugun Qirg'iz Respublikasi darvozaboni ajoyib o'yin namoyish etganini etirof etish joiz.
83. Husanov hozirga qadar to'p uchun kurashda biror raqibini o'tkazib yubormadi.
81. Shomurodovning zarbasiga yana aniqlik etishmadi.
79. Qirg'iz Respublikasi tarkibida o'zgarish ro'y berdi.
78. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: Shukurov o'rniga Ruslanbek Jiyanov o'yinga qo'shildi.
32458 nafar tomoshabin "Bunyodkor" stadioniga tashrif buyuribdi.
75. Xavfli vaziyat! Fayzullaev o'ng qanotda ajoyib fint evaziga bir raqibini ortda qoldirib, markaz tomon pas berdi, ammo Tokotaev vaziyatni "o'qidi".
74. Xavfli vaziyat! Fayzullaev chap qnaotdan markaz tomon harakatlanib, aylanma zarba yo'lladi, ammo zarbaga aniqlik etishmadi.
70. Shomurodov raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo unga to'p uzatgan Fayzullaev o'yindan tashqari holatda bo'lgani uchun gol inobatga olinmadi.
66. Shomurodov bir raqibidan qochib ketdi va jarima maydoniga pas berdi, biroq yana raqib posboni epchillik bilan to'pni egallab oldi.
64. Xavfli vaziyat! Masharipov tomonidan yo'llangan zarbani Erjan Tokotaev qaytardi.
57. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: Sayfiev o'rniga Ibrohimhalil Yo'ldoshev maydonga tushirildi. Qirg'iz Respublikasida ham bitta o'zgarish amalga oshirildi.
56. Masharipov raqib jarima maydonida simulaciya qilgani uchun ogohlantirildi. U Eronga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
54. Zarba! Hamrobekovning olisdan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
50. Masharipov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
49. O'zbekiston termasining burchak uzatmasi samarasiz yakunlandi. Uning ustiga Farrux Sayfiev tibbiy yordam oldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Qirg'iz Respublikasi tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.
Taym yakunlandi.
45+7. Zarba! Shomurodovning qarshi hujum natijasida yo'llagan zarbasini Tokotaev qaytardi.
45+5. Xavfli vaziyat! Dastlab Fayzullaev, so'ngra Alijonov o'ta qulay vaziyatdan unumli foydalana olmadi.
45+3. Mehmonlar standart vaziyatga ega bo'ldi. Uzatma esa muvaffaqiyatsiz zarba bilan yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.
Gol inobatga olindi! 1:0!
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Hojiakbar Alijonov hisobni ochdi! VAR ehtimoliy ofsaydni tekshirmoqda.
Eron - BAA uchrashuvi stadion projektorlaridan biri o'chib qolgani uchun to'xtatilgan va qoldirilibdi.
35. Xavfli vaziyat! Shukurov uzatgan to'pga Shomurodov bosh bilan zarba yo'lladi, ammo yana noaniq.
32. Raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgan Abbos Fayzullaev ogohlantirildi.
25. Shomurodovning penaltidan tepgan to'pini Qirg'iz Respublikasi darvozaboni Erjan Tokotaev qaytardi. Biroq 11 metrli jarima zarbasiga sababchi bo'lgan Said Daciev maydondan chetlatildi.
Hakam qarori o'z kuchida qoldi. Said Datsiev esa maydondan chetlatildi.
24. Penalti! Qirg'iz Respublikasi darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilandi. Alijonov raqib jarima maydonida yiqitildi. VAR vaziyatni tekshirmoqda.
22. Shomurodovga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi. O'zbekiston yana bir jarima zarbasini amalga oshirdi, ammo hujum muvaffaqiyatsiz tugadi.
19. Xavfli vaziyat! Fayzullaevning uzatgan to'pini Masharipov darvozaga to'g'rilab qo'yishga harakat qildi, ammo uning zarbasi to'g'ri Tokotaev tomon yo'llandi.
18. Maydon markazida yana mehmonlar fol ishlatishdi.
16. Zarba! Shukurov tomonidan yo'llangan zarbaga raqib himoyachisi "blok" qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
13. Xavfli vaziyat! Fayzullaevga o'ta qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, uning zarbasiga salgina aniqlik etishmadi.
13. O'zbekiston terma jamoasida yana bir standart yuzaga keldi. Masharipovning uzatgan to'p Tokotaevga borib tushdi.
11. Xavfli vaziyat! Masharipovning jarimadan yo'llagan zarbasini Tokotaev qaytardi.
10. Odil Abdurahmonov ogohlantirildi. Hakam qarorini o'zgartirmadi.
8. Raqibdan to'pni olib qo'ygan Fayzullaevga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi. VAR ehtimoliy chetlatishni ko'rib chiqmoqda.
7. Alijonovning o'ng qanotdan navbatdagi uzatgan to'pi Tokotaevning qo'llariga borib tushdi.
6. Fayzullaev raqib himoyachisidan to'pni olib qo'yib, uzatma amalga oshirdi, ammo to'p sherigiga aniq etib bormadi.
5. O'zbekistonnning chap qanotdan boshlagan hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
4. Xavfli vaziyat! Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan to'piga jarima maydonida turgan Shomurodov bosh bilan zarba yo'lladi, ammo unga biroz aniqlik etishmadi.
3. Jarima uzatmasi o'zbekistonlik himoyachilar tomonidan qaytarildi.
2. Maydon markazida mehmonlar o'yinchisiga nisbatan fol ishlatildi. Qirg'izlarda standart vaziyat yuzaga keldi.
1. O'yin boshlandi. O'zbekiston terma jamoasiga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.
Madhiyalar yangradi. Jamoalar o'yinga shay holatda.
Bugun O'zbekiston oq, Qirg'iz Respublikasi qizil rangli liboslarda harakat qiladi.
Stadion muxlislar bilan to'ldi. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.
Ayni damda turnir jadvali quyidagicha ko'rinishga ega:
Assalomu a
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Õzbek Õzbekni itarishda N_1.
Musulmonmizmi bizlar? Nahotki? Musulmonlar bir-biriga shunaqa bõlishi kerakmi....??? Pul õlsin-a pul õlsin! Afsus!
Силани билмадиму , лекин манга бу ёқмаябди. Кападзени термани жч обчиқиш учунмас , жч дан об қолиш учун чақиришганга ўхшавоти.
"Хар баҳор шу бўлар такрор..."