So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

JCH-2018. Samarada JCH qay tarzda o'tmoqda, mundial SA nigohida Yangiliklar

JCH-2018. Samarada JCH qay tarzda o'tmoqda, mundial SA nigohida

Bir hafta oldin “Bunyodkor” klubining etakchi muxlislari bilan birga Rossiyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatini tomosha qilish uchun avtomoshinada Samara shahriga etib kelganimiz haqida xabar bergan edik.

Biz Toshkent-SHimkent-Boyqo'ng'ir-Aktobe-Samara-Qozon-Moskva-Nijniy Novgorod-Sankt-Peterburg yo'nalishi bo'yicha Rossiyaga yo'l olgandik. Bir necha kun Samara shahrida bo'lib turdik va ushbu shaharda jahon chempionati doirasidagi ikki uchrashuvni tomosha qildik. Bugun tong saharda Moskva tomon yo'lga chiqdik. Kecha ushbu shaharda jahon chempionati 1/8 final bosqichidan o'rin olgan Braziliya – Meksika terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu bahsda Braziliya terma jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozondi va keyingi bosqich masalasini hal qildi. 


FIFA FAN FEST

Rossiyaning Samara shahriga kelganimizda dastlab shahar markazida barpo etilgan “FIFA FAN FEST”, yani muxlislar uchun tayyorlangan “Fan Zona”ni borib ko'rishga muvaffaq bo'ldik. Bu erda barcha narsa alo darajada tashkillashtirilgan. “Fan Zona” hududiga 4ta tomondan kirish mumkin. U erda xavfsizlik xizmati vakillari tinim bilmay mehnat qilishmoqda. “Fan Zona” hududiga kirayotganingizda tekshiruvdan o'tasiz va sizda muammo bo'lmasa bemalol ichkariga kirishingiz mumkin. Agarda ortiqcha buyumingiz bo'lsa, “Fan Zona” yaqinida joylashgan maxsus buyumlarni saqlash joyiga buyumingizni topshirib so'ngra ichkariga kirishingiz mumkin. “FIFA FAN FEST” hududida har qadamda volontyorlar mehmonlar uchun xizmat qilishmoqda. Agarda sizga yordam kerak bo'lsa albatta ular o'z yordamini ayashmaydi. “Fan Zona” ichkarisida barcha narsa mavjud. Taomlanish uchun joy, tibbiy yordam xonasi, futbol o'ynash uchun kichik maydoncha, FIFAning rasmiy do'konchasi va futbol uchrashuvlarini tomosha qilish uchun katta ekran. Ushbu “Fan Zona”da Portugaliya – Urugvay, Argentina – Franciya, Rossiya – Ispaniya, Xorvattiya - Daniya va yana bir qancha uchrashuvlarni tomosha qilishdik. Kunii kecha Rossiya terma jamoasi Ispaniya termasiga qarshi "Lujniki" stadionida bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvni tomosha qilish uchun Samaradagi "Fan Zona"ga 30 mingga yaqin futbol muxlislari tashrif buyurdi. 



SENEGAL - KOLUMBIYA 0:1

“Bunyodkor” klubining etakchi muxlislari bilan birga Senegal – Kolumbiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni stadiondan tomosha qildik. Ushbu uchrashuv Samara shahrida joylashgan “Kosmos Arena”da bo'lib o'tdi. O'yin boshlanishiga bir necha soat qolganida “Kosmos Arena”ning tribunalari deyarli to'lib bo'ldi. SHu kuni stadion atrofini Kolumbiyadan kelgan muxlislar o'rab olishdi. Stadion ichkarisidagi muhitni tariflashga til ojiz. Bu shunchaki fantastik darajadagi muhit. Stadionda kolumbiyalik muxlislar juda ham ko'p bo'lsada Senegaldan kelgan futbol muxlislari o'z suyuklilarini tinmay qo'llab-quvvatlab turishdi. Afrika qitasi terma jamoasi raqiblariga kichik 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Qabul qilib olingan bunday mag'lubiyatdan so'ng senegallik muxlislar ko'z yoshlarini tiyib tura olishmadi. Kolumbiyaliklar ushbu g'alaba munosabati bilan Samara ko'chalarida o'ziga hos bayram uyushtirishdi. 


BRAZILIYA - MEKSIKA 2:0

Kecha “Kosmos Arena”da yana bir katta futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi. Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Braziliya terma jamoasi Meksika termasiga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuv boshlanmasidan bir kun avval braziliyalik va meksikalik muxlislar “Fan Zona”da o'zaro qiziqarli bellashuvni amalga oshirishdi. Terma jamoalar o'rtasidagi bahs qay tarzda bo'lib o'tganini barcha ko'rdi. “Pentakampeonlar”ning qo'lga kiritgan g'alabasidan so'ng braziliyalik muxlislar “Kosmos Arena”da o'ziga hos bayramni amalga oshirishdi.


BEPUL AVTOBUS XIZMATI

"Kosmos Arena" hududida muxlislarga qulaylik yaratib berish uchun musobaqa tashkilotchilari stadiondan bir chaqirim narida avtomobillar uchun maxsus avtoturargoh barpo etishgan. Stadionga kelishdn avval avtomobilingizni maxsus avtoturargohga qo'yib bepul avtobusda bemalol stadion hududiga kelishlari mumkin.


MOSKVAGA SAFAR

Bugun tongda “Bunyodkor” klubining etakchi muxlislari bilan birga Moskva tomon yo'lga chiqdik. 




Championat.asia saytining Jahon chempionati davomidagi hamkorlari "Start" savdo belgisi, "O'zbegim" kolbasalari va Elmakon savdo belgisi.


SOTVOLDIEV Jahongir Samara shahridan maxsus

Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика