So’nggi yangiliklar

17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  2 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  3 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  28 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3

Javohir Sohibov: “Bosh murabbiyning ko'rsatmalariga tushunib boryapmiz” Yangiliklar

Javohir Sohibov: “Bosh murabbiyning ko'rsatmalariga tushunib boryapmiz”

Teglar :  Javohir Sohibov
Termizning “Surxon” klubi ikkinchi davraga o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Kuni kecha klub “Mashal” (2:1)ga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi. Bellashuvdan keyin termizliklar yarim himoyachisi Javohir Sohibov fikrlariga quloq tutdik. 


“Mashal” bilan o'yin haqida

- Umuman olganda, o'yin yaxshi kechdi. To'g'ri, nazorat bahsi bo'lganiga qaramay, g'alaba qozondik. Uchrashuvda vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi. Lekin ulardan foydalana olmadik. Bu kabi nazorat bellashuvlari biz uchun muhim hisoblanadi.


Tayyorgarlik borasida

- Ikkinchi davra o'yinlarga astoydil tayyorgarlik ko'ryapmiz. Har kuni ikki mahaldan shug'ullanyapmiz. Ertalab futbolchilarga jismoniy yuklamalar berilayotgan bo'lsa, kechki mashg'ulotda asosan to'p bilan ishlab, texnik-taktik tayyorgarlikka etibor qaratilmoqda. Bosh murabbiyimiz bilan mavsumning muhim pallasiga optimal sport formada bo'lishni intilmoqdamiz. 


Birinchi  davra yakunlari xususida

- Birinchi davradagi taassurotlarim o'rtacha. Biz hali ham Superligada o'zimizga munosib bo'lmagan o'rindamiz. Ikkinchi davrada natijalarimizni ijobiy  tomonga o'zgartirib, kerakli ochkolarni to'plash va mavsumni yuqori o'rinlardan birida yakunlashni istaymiz. 


Anxel Lopesning g'oyalari to'g'risida

- Bosh murabbiyimiz bu mavsum ish boshladi. SHunga qaramay, uning ko'rsatmalariga tushunib, mashg'ulotlarda bajarmoqdamiz. Futbolchilar sekin-asta tushunib boryapti. Ishonamanki, ikkinchi davrada natijalarimiz yanada yaxshi bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика