Javohir Sidiqov: "Qashqadaryo xalqi va "Nasaf" jamoasi bu chempionlikni uzoq vaqtdan beri kutayotgandi"
01 noy 2024 22:59
Yangiliklar
Javohir Sidiqov: "Qashqadaryo xalqi va "Nasaf" jamoasi bu chempionlikni uzoq vaqtdan beri kutayotgandi"
"Nasaf" yarim himoyachisi Javohir Sidiqov "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvdan so'ng chempionlik taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qashqadaryo xalqi, "Nasaf" jamoasi bu chempionlikni uzoq vaqtdan beri kutayotgandi. 2024 yilda qo'lga kiritish nasib qilgan ekan. Hissiyotlarni til bilan tariflab bo'lmaydi, juda xursandmiz. Hammani chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Bu yil har yilgiga qaraganda intrigaga boy bo'ldi. Murosasiz o'yinlar ko'p bo'ldi. Buni futbol ichidagi barcha sezdi. Ushbu mavsum eng shirin chempionlik sifatida yodda qoldi" , - deydi Javohir Sidiqov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar