So’nggi yangiliklar

12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  2 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  0 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  1 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  3 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  1 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29

Javohir Qahramonov: "Jasur Hasanov bunday sport forma bilan yana 3-4 yil xotirjam o'ynashi mumkin. Superligada navbatdagi qadamni tashlashimiz kerak" Yangiliklar

Javohir Qahramonov: "Jasur Hasanov bunday sport forma bilan yana 3-4 yil xotirjam o'ynashi mumkin. Superligada navbatdagi qadamni tashlashimiz kerak"

Joriy yilda OFK kubogi guruh bosqichida yurtimiz sharafini Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi himoya qildi.

"E" kvartetida CSKA, "Altin Asr" va "Neftchi" bilan keyingi bosqich yo'llanmasi uchun kurashgan vakillarimiz amalda vazifani alo darajada uddalashdi. Ayni kunlarda jamoa "Qizilqum" bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda. Tojikistonda o'tgan turnir taassurotlari va bo'lajak o'yin oldidan "So'g'diyona" yarim himoyachisi Javohir Qahramonovga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 


- "So'g'diyona"ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklaymiz. Raqiblar darajasidan kelib chiqib aytganda o'yinlar qanchalik engil va qiyin o'tdi?

- OFK kubogida nafaqat Jizzax, balki butun O'zbekiston bizni qo'llab-quvvatlab turishini sezdik. So'nggi uchrashuvda Samarqanddan ham ishqibozlar tashrif buyurishdi. Xudoga shukur barcha o'yinlarda g'alaba qozondik. Qiyin tomoni shuki, bilasiz suniy maydonda to'p tepish oson emas. Muhimi jiddiy jarohatlar kuzatilgani yo'q. 

- Tarkibdagi futbolchilarning tajribasi va mahorati bobida "SO'g'diyona" raqiblaridan ustun hisoblanardi...

- Bitta o'yindan iborat musobaqalarda har bir jamoa bor kuchini ishga soladi. Bunday pallada kuchli yoki kuchsiz degan gaplar ikkinchi darajaga tushadi. Bordik, o'ynadik va yutdik. 

- Jasur Hasanovning jamoadagi va maydondagi o'rni haqida...

- Ko'ryapsiz, jamoamiz etakchisi o'zining ikkinchi yoshligini o'tkazmoqda. Bunday sport formada yana 3-4 yil bemalol o'ynay oladilar. Jasur Hasanov maydonda futbolchilarni qanday ruhlantirishni biladi.  

- Navbatdagi bosqichda "Xo'jand" raqiblik qiladi...

- Hozirda faqat "Qizilqum" bilan uchrashuv haqida o'ylamoqdamiz. "Xo'jand"ga qarshi uchrashuvga hali vaqt bor. O'ylaymanki, munosib tayyorgarlik ko'ramiz. 

- CHempionlik yo'lidagi kurashda kim g'olib chiqishi mumkin?

- Hammasini vaqt ko'rsatadi. "So'g'diyona" yildan-yilga o'sishga erishib bormoqda. Biz navbatdagi qadamni tashlashimiz kerak. Buning uchun qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика