So’nggi yangiliklar

21:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон ва Қатар кураш олиб боришмоқда (онлайн ҳисоб)  9 21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  7 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  481 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  2 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  3 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0

Javlon Guseynov: "Koreyani tezkor hujumlar evaziga engish mumkin" Yangiliklar

Javlon Guseynov: "Koreyani tezkor hujumlar evaziga engish mumkin"

Tailand chempionatining birinchi ligasida to'p surgan tajribali himoyachi Javlon Guseynov yana O'zbekistonga qaytdi va davralar oralig'ida Jizzaxning So'g'diyona jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Javlon Tailand birinchi ligasida CHainat Xornbill klubi sharafini himoya qilgandi. Bizga malum bo'lishicha, ushbu jamoa rahbariyatida yuz bergan o'zgarish Guseynovni ham chetlab o'tmagan.

Buning natijasida hamyurtimiz bilan shartnoma muddatidan avval bekor qilingan. Javlon bilan suhbatimiz mobaynida u aynan shu masalalarga oydinlik kiritdi.

- Javlon, CHainat Xornbillni tark etishingizga nima sabab bo'ldi?

- Klub rahbariyatida o'zgarish bo'ldi. Tabiiyki, buning natijasida bosh murabbiy va uning yordamchilari ham o'zgardi. Yangi rahbariyat va murabbiylar shtabi 5-6 nafar futbolchi bilan amaldagi shartnomalarni qayta ko'rib chiqdi.

Ular orasida ikki legioner, shu jumladan, men ham bor edim. SHu tariqa do'stona xayrlashdik. CHainat Xornbill libosida 16ta o'yindan 13tasida maydonga tushdim.


- Jamoaning natijalari yaxshi edi-ku! Nima uchun klub rahbariyatida o'zgarish ro'y berdi?

- To'g'risi, buning sababini bilmadim. Jamoa shaxsiy edi, balki klub direktori homiylar bilan kelisha olmagandir?!

- Yangi rahbariyat va bosh murabbiy bilan gaplashib ko'rmadingizmi?

- Gaplashdim. Ular hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi kerakligini aytishdi. Aksincha, bir himoyachi bilan shartnomani bekor qilish rejalarida borligini malum qilishdi. Bu esa mening chekimga tushdi.

- SHartnoma muddatidan avval buzilgani uchun klub sizga tovon puli to'ladimi?

- Ha, to'ladi. Umuman olganda, shu va boshqa moliyaviy masalalarda klub bilan o'rtamizda hech qanday muammo bo'lmadi. Tailand jamoasi har tomonlama professional ekan va ular bilan do'stona xayrlashdik. Hozirgacha aloqani uzmaganman.

- Tailand klublarining birida qolish varianti chiqmadimi?

- Variantlar bor edi. Lekin nisbatan olganda turnir jadvalining quyi­roq pog'onalarida borayotgan jamoalardan takliflar bo'ldi. Taklifning moliyaviy tarafini ustun qo'yib, faoliyatimni Tailand chempionatida davom ettirishim mumkin edi.

Ammo futbolchi sifatida o'sishga erishmasdim. SHuni o'ylab ham O'zbekistonga qaytishga majbur bo'ldim.


- Tailand chempionatida 13ta o'yin­da maydonga tushdingiz. Ushbu mamlakat futboli, siz o'ynagan liga haqidagi umumiy xulosa va taassurotlaringiz qanday bo'ldi?

- Tailand klublari ko'proq legionerlarga tayangan holda o'ynashar ekan. Jamoalarning infratuzilmasi alo darajada. O'yin tomonlama olib qarasak, asosan texnikaga etibor berishadi.

Futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Faqat futbol haqida o'ylaysiz va o'ynaysiz. Qolgan hamma narsa muhayyo qilingan.

- So'g'diyonaga kim taklif qildi?

- Davron Fayzievning taklifi bilan Jizzaxga keldim. Men uchun bu taklif har tomonlama qiziq bo'ldi. Davron aka bilan ishlash juda ham qiziq. Buni ularning qo'l ostida o'ynagan futbolchilar yaxshi bilishadi. Lekin birdaniga ko'p narsa o'zgarib ketdi.

- Bu holat sizning rejalaringizni o'zgartirib yubormadimi?

- Qaysidir manoda o'zgartirdi. Lekin hozirgi murabbiylar shtabi bilan ham munosabatlarimiz yaxshi. Ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman. Har qanday o'zgarish ham yaxshilikka, deyishadi-ku.

- SHkvirin futbolchilardan nimalarni talab qilyapti?

- Igor Anatolevich hozir sekin-asta o'z o'yin falsafasini jamoaga sing­dirib borishga intilyapti. Asosan himoyada barqaror o'ynab, ko'prok aniq to'p uzatishlar orqali hujum uyushtirishni talab qilyapti.


- Oliy ligamizning qaysi klublaridan takliflar bo'ldi?

- Ixtiyorimda 3-4ta variant bor edi. Hattoki, Olmaliq jamoasi bilan og'zaki kelishuvga ham erishgandim. Ular menga Belarusdagi yig'in uchun chipta ham olishgandi. Ammo ayrim sabablarga ko'ra shartnoma imzolamadik.

- So'g'diyonaning nisbatan omadsiz ishtiroki haqida qanday fikrdasiz? O'yinlarni tahlil qilyapsizlarmi?

- Bunyodkor bilan o'yin juda qiyin va kurashlarga boy tarzda kechdi. Durang adolatli natija bo'ldi va bizni qoniqtirdi, desam yanglishmayman. Lokomotiv bilan uchrashuvda o'z xatolarimiz evaziga mag'lubiyatga uchradik.

Jamoamiz tarkibida 5-6 nafar yangi futbolchilar bor va ularning o'yinga qo'shilib ketishlari uchun vaqt kerak.

- Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan uchrashuvda nimaning evaziga g'alaba qozonishimiz mumkin, deb o'ylaysiz?

- Nasib qilsa, mundialga boramiz. Muxlislardan futbolchilarga bo'lgan ishonchni yo'qotmasliklarini va oxirigacha jamoaga ishonib, qo'llab-quvvatlashlarini so'rayman. Janubiy Koreya termasini tezkor uyushtiriladigan hujumlar evaziga mag'lub etish mumkin.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi, "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика