So’nggi yangiliklar

06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0

Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo'rqqan jamoa yutqazdi" Yangiliklar

Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo'rqqan jamoa yutqazdi"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Jasurbek Jaloliddinov Saudiya Arabistoni mag'lub etilgan uchrashuvdan so'ng (2:0) saytimizga kichik intervyu berdi

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- G'alaba qozonganimizdan juda ham xursandmiz. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rganimizga qaramay, biz kutgandan ko'ra qiyinroq bo'ldi. Saudiya bilan o'zaro hisob kitobimiz bor edi. Yakunda, O'zbekiston "battle"da g'olib bo'lib chiqdi. SHunday natijalar qayd etishda davom etamiz.

- Saudiyalik futbolchilar bugun aynan sizga qarshi juda ko'p provokaciyalar qilishdi. Bunday vaziyatlarda hissiyotlarga berilmaslik va sovuqqon bo'lish qanchalik qiyin bo'ldi?

- Bosh murabbiyimiz uchrashuv oldidan bizni ogohlantirib qo'ygan edi. Arab futbolchilarining o'zini bunday tutishi biz uchun yangilik emas. Saudiya Arabistoni futbol o'ynasa bizdan kuchsizroq ekanligini bilgan. SHu sababli, ular futbol o'ynash emas raqib o'yinini buzish bilan band bo'lishdi. Toza futbol o'ynasak biz raqibdan ustun ekanligimizni his qilib turgan edik. Saudiyaliklarda futbol o'ynash uchun barcha sharoitlar bor, ammo ular maydonda boshqa ishlar bilan band bo'lishdi. Saudiyaliklar bizdan qo'rqanni sababli maydonda janjal va provokaciyalar qilishni boshlashdi va shu sababli ular mag'lub bo'ldi deb o'ylayman.

- Keyingi raqibimiz Indoneziya haqida nimalar deya olasiz?

- Indoneziya terma jamoasi Janubiy Koreya va Avstraliya kabi jamoalarni mag'lub etdi. Bu esa ularning kuchliliga isbot bo'la oladi. Raqibni hurmat qilamiz va ularga qarshi tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.




Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика