So’nggi yangiliklar

17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  2 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  7 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  5 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4

Jasur Abduraimov: "Keyingi yil "Paxtakor"ga bir qancha yaxshi futbolchilar olib kelinadi" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Keyingi yil "Paxtakor"ga bir qancha yaxshi futbolchilar olib kelinadi"

"Paxtakor" - "Navbahor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yordamchi murabbiyi Jasur Abduraimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yaxshi o'yin bo'ldi. Ikkala tomondan kurashlarga boy bahs bo'ldi. "Paxtakor" tomonidan hujumkor o'yin, "Navbahor" tomonidan qarshi hujumlarga tayanilgan o'yin ko'rdik. Mehmonlarga bir ochko bilan tabriklayman. Halol futbol bo'ldi, kimning omadi kelsa o'sha yutadi. Mana shunday o'yinlar ko'p bo'lishini istayman", - deydi Jasur Abduraimov.

- SHota Arveladze kelganiga bir yildan oshdi. Hech qanday natija kuzatilgani yo'q. Qachon jamoa chempionlik yoki kubokni yutadi?
- Barcha narsaga vaqt kerak. Hech qaysi sehrgar kelib bir yilda barchasini qilmaydi. Biz oxirigacha chempion bo'lish uchun kurashamiz. Men klubda 15 yildan buyon ishlab kelayapman. Hozir klubdagi barcha-barcha natija bo'lishi uchun harakat qilishmoqda, ammo bu futbol. Qaerda natija bo'ladi, qaerdadir yo'q.

- Kubok finalida yutqazildi, chempionlik ham deyarli qo'ldan ketdi. 2019 yilda ham mana shu qoloq futbolchilar bilan o'ynaysizlarmi?
- Keyingi yil bir qancha yaxshi futbolchilar olib kelish rejalashtirilmoqda. Ular orasida sobiq "paxtakorchilar" ham bor. 3-4ta poziciya kuchaytiriladi. Bir narsani tushuning, qaysidir futbolchi boshqa klubda etakchi bo'lishi mumkin ammo "Paxtakor"da bunday bo'lmasligi mumkin. "Paxtakor"ga kelgan futbolchida chempionlik ruhi paydo bo'lishi uchun vaqt kerak.

- Bir yarim yil shundayligicha o'tib ketdi...
- Nega endi? "Paxtakor" halol futbol o'ynamoqda. Finalni qarang, agar biz AGMKni mag'lub etganimizda "Paxtakor" sotib oldi deyishardi to'g'rimi? Biz halol o'ynadik. Halol futbolda yutish va yutqazish mumkin. Murabbiylar yoki futbolchilaga halol bo'lmagan o'yin orqali yutish rohat bag'ishlaydi deb o'ylaysizmi? Negadir jurnalistlar shunday narsalarni yozishmaydi. Mana halol futbol bo'ldi shuni yozinglar. Yoki bugun "Paxtakor" safida olimpiya terma jamoasiga nomzod ikki futbolchi o'ynadi - Jahongir Ahmadov va Jasur Yaxshiboev. SHularni yozinglar. To'g'ri tanqid ham kerak, ammo yaxshi narsalarni ko'proq yozish kerak deb o'ylayman.



 
Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика