So’nggi yangiliklar

14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  0 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  3 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  2 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  3 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  2 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  5 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  1 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0

Janni Infantino O'zbekistonni 2024 yilda ilk bor FIFA shafeligidagi futzal bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishi bilan tabrikladi Yangiliklar

Janni Infantino O'zbekistonni 2024 yilda ilk bor FIFA shafeligidagi futzal bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishi bilan tabrikladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 20 sentyabr kuni Nyu-York shahrida Futbol associaciyalari xalqaro federaciyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uchrashuv o'tkazdi.

Davlatimiz rahbari Janni Infantinoni 2023 yilgi futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionati muvaffaqiyatli o'tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

O'zbekiston va FIFA o'rtasidagi samarali sheriklik alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Futbolni rivojlantirish va yoshlarni keng jalb qilish bo'yicha qo'shma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda FIFAning yirik xalqaro tadbirlarini, shu jumladan ayollar va o'smirlar o'rtasidagi birinchiliklarni tashkil etish va o'tkazish masalalari muhokama qilindi.

Federaciya rahbari O'zbekistonni 2024 yilda ilk bor FIFA shafeligidagi futzal bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishi bilan tabrikladi va uning yuqori saviyada o'tkazilishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

SHuningdek, Janni Infantino yurtimizda ommaviy va professional futbolni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va talim bazasini yaratish borasida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlarni yuqori baholadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика